Kontent qismiga oʻtish

Axtem Seitablayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axtem Seitableyev
Tavalludi
Axtem Shevketovich Seitablayev

1972-yil 11-dekabr
Kasbi aktyor
Filmlari Haytarma (2013), Cyborgs (2017), The Rising Hawk (2019)
Faoliyat yillari 1999-yildan — hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Ivanna Diadiura
Bolalari 3 ta

Axtem Shevketovich Seitablayev (qrim tatarcha: Ahtem Şevket oğlu Seitablayev, ukraincha: Ахтем Шевкетович Сеітаблаєв, ruscha: Ахтем Шевкетович Сеитаблаев, 1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) – asli qrim-tatarlardan boʻlgan ukrainalik aktyor, ssenariynavis va rejissyor. 2013-yili „Haytarma“, 2017-yilda „Anotherʼs Prayer“ kabi bir qancha nufuzli filmlarning rejissyori. U Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinishiga qarshi ekanligini bildirgan. Uning bir qancha taniqli qrim tatarlari taqdiri haqidagi filmlari butun sobiq Sovet Ittifoqida olqishlangan. Ammo, qattiqqoʻl rus millatchilari tomonidan tanqid qilingan.

Axtem Seitablayev 1972-yili Yangiyoʻl shahrida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Stalin davrida uning ota-onasi Sovet hukumati tomonidan surgunda boʻlib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Chunki, qrim tatarlar Stalin davrida universal surgunni boshdan kechirgan bir nechta etnik guruhlardan biri boʻlgan. U Oʻzbekistondagi maktabda oʻqib, 1989-yilda Qayta qurish davrida Qrimga qaytib kelguniga qadar oilasi bilan birga boʻlgan. U yerda 1992-yili Qrim madaniy-maʼrifiy maktabini tamomlagandan soʻng, kinodagi faoliyatini boshlagan[1][2][3].

1992-yildan 2004-yilgacha Simferopol davlat Qrim-tatar teatrida ishlagan. Teatrda bir nechta spektakllarni, shu jumladan Aleksandr Pushkin asarlarini ijro etgan. 2005-yilda Dneprning chap qirgʻogʻidagi Kiyev akademik drama va komediya teatrida ish boshlaydi. 2009-yilda oʻzining birinchi filmi „Quartet for Two“ filmini sahnaga qoʻygan.

Axtem 2018-yil 29-mayda Rossiya nazorati ostidagi Qrimda hibsga olingan kinorejissyor Oleg Sentsovni qoʻllab-quvvatlab bayonot bergani sababli.

Aktrisa Ivanna Diadiura bilan turmush qurib, ularning turmushidan uchta farzandi boʻlgan[4][5]. Katta qizi – Nazli, aktrisa, raqqosa va model boʻlib, „Haytarma“ da ham rol oʻynagan[6].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aktyorlik faoliyati
Yil Film Rol
2003-yil Mamay Oʻrtanchi akasi Umay
2004-yil Moskovskaya saga (qism)
Tatarskiy triptikh Stambulskiy soxti / Rustem
2005-yil Muhtarʼs return-2 Safiullin
'Zoloti khloptsi (qism)
Navizhena Avtoturargohning xavfsizlik xodimi
2006-yil Bohdan-Zynoviy Khmelnytskyi
Muhtarʼs return−3 Timur Xazov
Zhinocha robota z ryzykom dlia zhyttia Artem Polonskiy
2007-yil Zhaha ekstrymu Nikita
2008-yil Prityazhenie Arkadiy (Aleksandr Nikolaevichning oʻgʻli)
2009-yil Osinni kvity Meshochnik poezdda
2011-yil Temni vody (qism)
2012-yil Actor, or the Love not after playwright (tugallanmagan)
2012-yil Svaty-6 Murat Vladlenovich (Bukovel egasi)
2012-yil Haytarma Amet-xon Sulton
2015-yil Hvardiya Tatar
Tsentralna likarnya Rustam Agalarov
2016-yil Ya z toboyu Andriy
Den nezalezhnosti. Vasyl Stus Vasil Stus
Skhidni solodoshchi Ibrahim
Na liniyi zhyttia Sergey Zadorojniy
2017-yil Pravylo boyu Qora kiyimdagi odam
2017-yil Chujaya molitva
2018-yil Spisok zhelaniy Leonid Kaufman (shahar hokimi)
Direktorlik faoliyati
Yil Film
2013-yil Haytarma
2017-yil Cyborgs: Heroes Never Di
Anotherʼs Prayer
  1. „Ахтем Сеитаблаев“. Кино-Театр.РУ. Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  2. „Ахтем Сейтаблаев“ (ru-RU). Актеры - Биографии актеров - Фото актеров на Lifeactor.ru. Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  3. „Ахтем Сеитаблаев: В дни рождения детей я не работаю“ (ru). Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  4. „Олег – отец, как и вы, – Сеитаблаев просит Трампа помочь освободить Сенцова - 24 Канал“. 24 Канал. Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  5. „Ахтем Сеитаблаев: В дни рождения детей я не работаю“ (ru). tv.ua (2016-yil 18-iyul). 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  6. Theroux, Marcel (2015-05-15). „Miss Crimea“. Unreported World. Season 29 (inglizcha). Qaraldi: 2020-05-26.