Axmetjan Yesimov
Axmetjan Yesimov | |
---|---|
qozoqcha: Ахметжан Смағұлұлы Есімов | |
EXPO-2017 Milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi | |
Mansab davri 2015-yil 9-avgust | |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1950-yil 15-dekabr International qishlogʻi, Qaskeleng tumani, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR (hozirgi Qozogʻiston), SSSR |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Kasbi | Diplomat |
Axmetjan Smagʻululi Yesimov (1950-yil 15-dekabr, Olmaota viloyati, Kaskeleng tumani) — „Ostona EXPO-2017“ NK boshqaruvi raisi, iqtisod fanlari doktori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xo‘jaligi institutining mexanika fakultetin boʻyicha 1974-yil „Qozoq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
„Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar teoriyasi“ fakultetin boʻyicha 1991-yil Rossiya „Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar nazariyasi“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1968-yilning sentyabridan — Olmaota viloyati Qaskeleng tumani „Do‘stlik“ filialida sport bo‘yicha metodist bo‘lib ishlagan.
1969-yildan — Qozoq qishloq xoʻjaligi instituti talabasi.
1974-yilning sentyabrdan — Olmaota viloyati, Kaskeleng tumani, „Lenin“ zavodining muhandis-mexanik.
1977-yilning dekabrdan — Qozoq kartoshka-sabzavot ilmiy-tadqiqot instituti ishchilar qoʻmitasi raisi (Olmaota viloyati, Qaskeleng tumani, „1-May“ qishlogʻi).
1979-yilning yanvardan — Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Kaskeleng tuman qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi instruktori.
1979-yilning avgustdan — „Lenin“ idorasi partiya qoʻmitasi kotibi.
1982-yilning martidan — Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Olmaota viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi instruktori.
1983-yilning may oyidan — „Lenin“ idorasi direktori.
1985-yilning avgustdan Olmaota viloyati Kaskeleng tuman ijroiya qoʻmitasi raisi.
1986-yilning iyuldan — Olmaota viloyati Qozogʻiston Kompartiyasi Shelek tuman qoʻmitasining birinchi kotibi.
1988-yilning yanvardan — Olmaota viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari-viloyat qishloq xoʻjaligi sanoat qoʻmitasi raisi.
1988-yilning dekabrdan — Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Olmaota viloyat qoʻmitasi kotibi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan
[tahrir | manbasini tahrirlash]A.Yesimovning qishloq xo‘jaligi vaziri xizmati davrda Qozog‘iston unning eksporti bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqti[1].
Olmaota shahri hokimi lavozimidagi xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]A.Yesimov hokim sifatida xizmatin aldagan qurilish hissadorlari muammosini hal qilishdan boshlagan. Oʻsha paytda shaharda qurilishi toʻxtatilgan 125 turar-joy majmuasi mavjud edi[2].
2011-yili Olmaotada VII qishki Osiyo o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tib, uni o‘tkazish uchun shaharda sport infratuzilmasi qurildi. Oʻsha yili Olmaota metrosi ochildi. Bundan tashqari, 5 yildan kamroq vaqt ichida shaharda 20 ta nimstansiya qurilib, energiya muammosini hal qilishga yordam berdi.
2011-yili shahar jamoat transportini yaratish tashabbusi bilan chiqdi, asta-sekin xususiy tashuvchilarni bozordan siqib chiqardi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ Prezident N. Nazarbaevtiң qoldauimen үleskerlerdің barligʻi derlіk үylі boldi.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.