Avtosarkofagiya
Avtosarkofagiya — bu oʻz-oʻzini yeyish holati, shuningdek, autokannibalizm[1] yoki self-cannibalism deb ataladi[2]. Turli xil qoʻllaniladigan shunga oʻxshash atama autofagiya boʻlib, u hujayralar tomonidan oʻz-oʻzini degradatsiya qilishning normal jarayonini bildiradi. Garchi bu jarayon uchun deyarli eksklyuziv atama boʻlsa-da, avtofagiya vaqti-vaqti bilan yanada kengroq foydalanadigan atamaga aylangan[3].
Odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiiy hodisa sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inson oʻz-oʻzini yeyishi bir qancha miqdorgacha sezilmaydi. Masalan, tana til va yanoqlardagi oʻlik xujayralarni isteʼmol qiladi.
Buzilish yoki uning alomati sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barmoq va tirnoqlarni tishlash keyinchalik ularni yeyishga aylanishi mental buzilishining koʻrinishidir. Bunday tana buzilishlarining boshqa turlari dermatofagiya va qorin boʻshligʻida soch tolasi yigʻilishiga sabab boʻluvchi oʻz-oʻzining sochini isteʼmol qilish hisoblanadi. Agar daʼvolanmasa, bu holat oʻlimga sabab boʻlishi mumkin[4].
Avtosarkofagiya oʻz-oʻziga zarar berishning bir turi hisoblanib, shaxsiy buzilishlar, psixoz yoki psixotropik dorilarga qaramlik kabi mental kasallik koʻrinishi hamdir.
Tanlov sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi odamlar tanani ekstremal oʻzgartirish shakli sifatida avtosarkofagiyani qoʻllashadi[5]. Masalan, oʻzlarining terilarini yoki qonlarini isteʼmol qilishadi. Oʻz qonini ichich holatlari avtovampirizm[6] deb ataladi, lekin yaralangan joylardan qon ichish kannibalizm hisoblanmaydi.
Jinoyat sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz-oʻzini yeyishga majburlash, bu — qiynash yoki urush jinoyatlari sifatida hozirgacha qayd etilgan. Erzsébet Báthory XVII asrda oz' xizmatkorlariga oʻzlarining goʻshtini yeyishga majburlagan[7]. 1990-yillarda Sudanda yoshlar oʻzlarining quloqlarini yeyishga majburlangan.
Afsonalar va afsonalardagi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Uroboros ramzida oʻz dumini tishlayotgan ilon tasvirlangan.
Yunon mifologiyasidan Erisihton oʻzini Demeter tomonidan berilgan jazo ostida toʻymas ochlikda oʻzini yeb tashlaydi.
Artur haqidagi ingliz ertaklarida Kamelot qiroli Agreste oʻz shahrida Iosifning nasroniy shogirdlarini qirgʻin qilgach aqldan ozadi va oʻz qoʻlini yeydi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avtokannibalizm hodisalari roʻyxati
- Inson platsentofagiyasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Man-eaters: The Evidence for Coastal Tupi Cannibalism" mei(sh) dot org“. 2006-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-may.
- ↑ Mikellides AP (October 1950). "Two cases of self-cannibalism (autosarcophagy)". Cyprus Med J 3 (12): 498–500. PMID 14849189.
- ↑ Benecke, Mark „First report of non-psychotic self-cannibalism (autophagy), tongue splicing and scar patterns (scarification) as an extreme form of cultural body modification in a Western civilization“
- ↑ "Trichotillomania" (PDF). Dermatol Ther 21 (1): 13–21. 2008. doi:10.1111/j.1529-8019.2008.00165.x. PMID 18318881. Archived from the original on 2020-01-28. https://web.archive.org/web/20200128185526/http://www3.interscience.wiley.com/cgi-bin/fulltext/119418689/PDFSTART. Qaraldi: 2023-04-19.Avtosarkofagiya]]
- ↑ Benecke, Mark „First report of non-psychotic self-cannibalism (autophagy), tongue splicing and scar patterns (scarification) as an extreme form of cultural body modification in a Western civilization“
- ↑ NCBI PubMed
- ↑ Adams, Cecil „Did Dracula really exist?“ The Straight Dope