Avazbek Mahmudov
Avazbek Mahmudov | |
---|---|
Tavalludi |
10-dekabr 1952-yil |
Vafoti |
2020-yil 27-avgust Andijon |
Janrlar | maqom, milliy maqom |
Kasbi | Xonanda, shifokor |
Faoliyat yillari | 1970-2020 |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Avazbek Sultonovich Mahmudov (1952-yil 10-dekabr, Andijon shahri – 2020-yil 27-avgust, Andijon) – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1989), xonanda va shifokor, pedagog[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avazbek Mahmudov 1952-yil 10-dekabrda Andijon shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti davolovchi vrach mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1976-yildan 2006-yilga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida turli lavozimlarda malakali shifokor sifatida ishlagan. 2006-yildan vafotiga qadar Andijon davlat universiteti Musiqa taʼlimi kafedrasi konsertmeystri vazifasida boʻlajak musiqashunoslarga bilim berib kelgan. Avazbek Mahmudov 1973-yilda Ruminiya, 1978-yilda Bolgariya, 1984-yilda Ispaniyada oʻtkazilgan Xalqaro folklor festivallari hamda 1985-yilda Moskvada oʻtkazilgan XII butun jahon festivalida ishtirok etib, gʻoliblar qatoridan joy olgan. U 1989-yilda Oʻzbekistonda SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Avazbek Mahmudov 2020-yilning 27-avgust kuni vafot etdi[2] Avazbek Mahmudov milliy madaniyatimiz va sanʼatimiz rivojiga katta hissa qoʻshib kelayotgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirilgan [3].
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avazbek Maxmudov tibbiyot sohasi vakili boʻlasa undagi sanʼatga boʻlgan ishtiyoq baribir kuchlilik qilgan. Shu tufayli u oʻzi Andijon viloyatida „Tabassum“ ashula va raqs ansambli tuzib, unda badiiy rahbarlik qilib ijodiy faoliyat bilan ham shugʻullanib kelgan. Avazbek Mahmudov faoliyati davomida koʻplab yangi qoʻshiqlar yaratib, oʻz repertuarini boyitgan. Jumladan, Muhammad Yusufning „Oq roʻmolli qizlar“, Vosit Saʼdullaning „Koʻzingdan“, „Yor yoriga munosib“, Olimjon Xoldorning „Shahrimga kel“, „Raʼno kulib“, Xamzaning „Kelmadingiz“ kabi koʻplab qoʻshiqlari elimizga manzur va mashhur boʻlgan[4].
„Oʻzteleradiokompaniya“ oltin fondida Avazbek Mahmudovning 30 ga yaqin qoʻshiqlari hamda oʻzbek grammayozuvida 4 ta plastinkalari mavjud. Uning 2014-yilda oʻzi kuylab, bastalagan va notalashtirilgan toʻplami kiritilgan „Umrboqiy qoʻshiqlar“ uslubiy qoʻllanmasi nashrdan chiqqan. 2018-yilda esa Avazbek Mahmudovning „Andijon sanʼati fidoiylari“ nomli kitobi nashrdan chiqqan[5].
Qoʻshiqchilikka ixlosmand yoshlarga sanʼat sirlarini oʻrgatib, yangi-yangi sanʼatkor xonandalar boʻlib yetishishiga hissa qoʻshgan. Ustoz-shogird anʼanasiga sodiq qolgan Avazbek Maxmudovning shogirdlari anchagina. Shogirdlaridan xonandalar Nuriddin Asqarov, Zuxriddin Rajabov, Mirzo Maxmudovlar oʻz qoʻshiqlari bilan el nazariga tushgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xonanda va shifokor Avazbek Mahmudov vafot etdi Qaralgan sana= 2.08.2024“ (daryo.uz).
- ↑ „Madaniyat sohasi yana bir vakilini yo‘qotdi Qaralgan sana=2.08.2024“ (qalampir.uz).
- ↑ „Avazbek Mahmudov prezident e’tiborida Qaralgan sana=2.08.2024“ (adu.uz).
- ↑ „Avazbek Mahmudov qo‘shiqlari Qaralgan sana=2.08.2024“ (muzmi.org).
- ↑ Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 138-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.