Atoniya
Qiyofa
Atoniya (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi va tonos – tonus, taranglik) – Biror aʼzo muskullari normal tonusining yoʻqolishi; ozib ketish, nerv va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Atoniya tugʻma boʻlishi ham mumkin. Atoniyada aʼzo yoki toʻqima boʻshashib, ilgarigidek ishlay olmay qoladi. Meʼda Atoniyasi, ichak Atoniyasi, bachadon Atoniyasi va boshqa farq qilinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |