Kontent qismiga oʻtish

Asbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turli asboblar

Asbob (arab. — sababningkoʻpligi) — 1) biror ish bajarishda ishlatiladigan qurol. Chunonchi, pichoq, qaychi, qozon, tovoq, choʻmich, kapgir — uy-roʻzgʻor Asboblari, ustara, qayroq — sartaroshlik Asboblari; arra, randa va b. — duradgorlik Asboblari; 2) texnikada — biron bir kattalik (fizikaviy, elektr va b.)ni oʻlchashda ishlatiladigan oʻlchash Asboblari (masalan, ampermetr, barometr, vattmetr va b.), isitish Asboblari; tibbiyotda — jarrohlik Asboblari, harbiyda — otish Asboblari; 3) musiqa asarini ijro etish uchun ishlatiladigan soz (cholgʻu Asboblari, musiqa Asboblari); 4) Asbobning „bir kishiga teplili mulk, narsa“ degan maʼnosi ham bor. Shu maʼnoda tarixiy asarlarda biror kishiga qarashli yer-suv va imorat. Asbob soʻzi shu maʼnoda toponimlar tarkibida uchraydi. Chunonchi, Joʻybor xojalari (15 — 17-asr) hujjatlarida Asbobi Ali Yomchi, Asbobi Kamol, Asbobi Qutlugʻ-shoh va b. joy nomlari tilga olinadi. Turli Asbob, qurol-yarogʻ va jihozlar majmui asbob-anjom deb ataladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil