Kontent qismiga oʻtish

Asal Sartbayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asal Sartbayeva
Tavalludi 1979-yil
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston, Bishkek
Fuqaroligi qirgʻiz
Sohasi kimyo fanlari doktori, professor
Institutlar Bat universitetining kimyo fanlari doktori va professori

Asal Sartbayeva – Markaziy Osiyodan tan olingan ilk ayol olimalaridan biri, kimyo fanlari doktori va Bat universitetining kimyo fanlari doktori hamda professordir[1].

Asal Sartbayeva 1979-yilda Qirgʻizistonda tavallud topgan.

U Markaziy Osiyodan chiqqan hamda birinchilardan tan olingan olima ayollaridan biri hisoblanadi[2]. U sanoatda keng ishlatiladigan vaksinalarni kremniy bilan qoplash orqali tibbiyot vositalarini muzlatishsiz saqlash imkonini beruvchi ixtironi oʻylab topgan. Asal Sartbayeva oʻzining ushbu yirik ixtirosi orqali koʻplab vaksinalarni isitgan vaqtda ularning yaroqsiz holatga kelishi, aynib qolishi oldini olgan[3][4]. Uning yaratgan mahsuloti 100 darajagacha qizdirilganida yoki 3 yil davomida saqlanganda ham buzilmaydigan holatda qolgan. U bu ixtirosi uchun 2011-yildan 2019-yilgacha Royal Society (Qirollik Jamiyati) tomonidan 956,000 funt miqdorida grantga ega boʻlgan[1].

  1. 1,0 1,1 „Case study: Dr Asel Sartbaeva“. Qaraldi: 29-mart 2025-yil.
  2. „«Markaziy Osiyoning buyuk ayollari»: Tarixiy ro‘yxat bilan tanishing“. data.egov. Qaraldi: 29-mart 2025-yil.
  3. „Markaziy Osiyoning buyuk ayollari“. savol-javob.com. Qaraldi: 29-mart 2025-yil.
  4. „OLIMA AYOLLAR – JAMIYAT KO‘ZGUSI“. Qaraldi: 29-mart 2025-yil.