Arva binti Mansur al-Himyariy
Arva binti Mansur al-Himyariy أروى بنت منصور الحميرى | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning xotini | |||||
Mansab davri | 754-yil 10-iyun — 764 | ||||
Tugʻilishi |
tax. 735 Qayravon, Agʻlabiylar imperiyasi, Abbosiy xalifaligi (hozirgi Tunis hududida) | ||||
Vafoti |
tax. 764 (29 yoshda) Bagʻdod, Abbosiy xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Turmush oʻrtogʻi | Mansur | ||||
Farzandlari | |||||
| |||||
Xonadon |
Banu Himyar (tugʻilganda) Abbosiy (turmush qurganda) | ||||
Otasi | Masur al-Himyariy | ||||
Dini | Islom |
Arva bint Mansur al-Himyoriy (arabcha: أروى بنت منصور الحميرى), shuningdek, Ummu Muso (arabcha: ام موسى) Abbosiy xalifasi Mansurning (h. 754–775) mashhur bosh rafiqasi va uchinchi Abbosiy xalifa al-Mahdiyning onasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arva islomgacha boʻlgan davrda (miloddan avvalgi 110 — milodiy 525) ota-bobolari Yamanda hukmronlik qilgan Banu Himyar qabilasidan boʻlgan Mansur al-Himyariyning qizi edi. U Mansurning birinchi xotini edi. Arva Ummu Muso nomi bilan ham mashhur boʻlib, nasl-nasabi Himyoriy podshohlariga borib taqaladi[1].
Arva Mansur nomi bilan Abbosiylar xalifasi boʻlgan Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammadga turmushga chiqqan. Ularning nikohidan Ja’far va al-Mahdiy nomi bilan xalifa boʻlgan Muhammad[1] ismli ikki o‘g‘il tugʻilgan. Nikohdan oldingi kelishuvga koʻra, Arva tirikligida Mansur boshqa xotin yoki kanizak olishga haqqi yoʻq edi. Mansur bu kelishuvni bir necha bor bekor qilishga uringan boʻlsa-da, Arva har doim qozilarni bunday qilmaslikka koʻndira olgan. Arvaning ikki o‘g‘li Muhammad va Ja’far xalifaning vorislari hisoblangan.
Birinchi oʻgʻli Jaʼfar 742/43-yilda tugʻilgan. Ikkinchi oʻgʻli Muhammad esa 744 yoki 745-yilda Humayma qishlogʻida (hozirgi Iordaniya hududida) tugʻilgan.
Besh yillik hukmronlikdan so‘ng qaynog‘asi as-Saffoh vafot etgach, eri Mansur xalifa bo‘lib, 754-yildan 775-yilgacha qariyb 22 yil hokimiyatni boshqardi[2][3]. Mansur 753-yil (hijriy 136) Makkaga ketayotganda xalifa deb e’lon qilingan va keyingi yil qasamyod qilgan[4]. Arva erini faqat ikki oʻgʻlini merosxoʻr qilishga koʻndirgan.
Faqatgina Muhammad xalifa boʻlgan. Katta o‘g‘li esa Mansur xalifaligi davrida vafot etgan. Arva 764-yil, 29 yoshida vafot etgan[5][1]. Uning vafotidan keyingina Mansur boshqa xotinlar olgan[izoh 1].
Arvaning Yazid ismli akasi boʻlgan[6]. Uning toʻliq ismi Yazid ibn Mansur al-Himyariy.
Arvaning jiyani Mansur ibn Yazid ibn Mansur al-Himyariy xalifalikda muhim lavozimlarni egallagan. 779-yilda ikki oy Misr noibi lavozimida ishlagan[7]. 781/2—783-yillarda Yaman noibi[8], 796-yilda esa qisqa muddat Xuroson noibi boʻlib ishlagan[9].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946 — 15–16-bet. ISBN 978-0-86356-031-6.
- ↑ Sanders, P. (1990). The Meadows of Gold: The Abbasids by MAS‘UDI. Translated and edited by Lunde Paul and Stone Caroline, Kegan Paul International, London and New York, 1989 ISBN 0 7103 0246 0. Middle East Studies Association Bulletin, 24(1), 50–51. doi:10.1017/S0026318400022549
- ↑ Axworthy, Michael (2008); A History of Iran; Basic, USA; ISBN 978-0-465-00888-9. p. 81.
- ↑ Aikin, John. General biography: or, Lives, critical and historical, of the most eminent persons of all ages, countries, conditions, and professions, arranged according to alphabetical order. London: G. G. and J. Robinson, 1747 — 201-bet. ISBN 1333072457.
- ↑ "Arwa bint Mansur al-Himyari". Fathers and Sons: The Rise and Fall of Political Dynasty in the Middle East. M. McMillan. 2013. ISBN 9781137297891. https://books.google.com/books?id=IIBy1keUfeUC&dq=Arwa+bint+Mansur&pg=PT143.
- ↑ ; Hugh KennedyThe History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A.D. 763-786/A.H. 146-169, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 1990 — 148–49-bet.
- ↑ Al-Kindi 1912, ss. 121–22; Ibn Taghribirdi 1930, ss. 41–42.
- ↑ Yarshater 1985–2007, v. 29: pp. 218, 219, 235; Gordon et al. 2018, s. 1141; Ibn Abd al-Majid 1985, s. 25.
- ↑ Bosworth 2011, s. 38; Yarshater 1985–2007, v. 30: pp. 152, 305; Hamzah al-Isfahani 1844, s. 174 (calling him Mansur ibn Yazid ibn Khalid); Gordon et al. 2018, s. 1177; Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 462.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abbott, Nabia (1946). Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press.
- al-Masudi. The Meadows of Gold, The Abbasids. transl. Paul Lunde and Caroline Stone, Kegan Paul, London and New York, 1989.
- Bosworth, C. E.. The Ornament of Histories: A History of the Eastern Islamic Lands AD 650-1041: The Persian Text of Abu Sa'id 'Abd Al-Hayy Gardizi. I.B.Tauris, 2011 — 1–169-bet. ISBN 978-1-84885-353-9.
- Al-Kindi, Muhammad ibn Yusuf. The Governors and Judges of Egypt (Arabic). Leyden and London: E. J. Brill, 1912.
- Al-Tabari; Hugh Kennedy (1990). The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A.D. 763-786/A.H. 146–169. SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press. pp. 148–49.
- The Works of Ibn Wadih al-Ya'qubi: An English Translation. Leiden and Boston: Brill, 2018. ISBN 978-90-04-35621-4.
- Hamzah al-Isfahani, Ibn al-Hasan. Hamzae Ispahanensis Annalium, Libri X. Leipzig: Leopold Voss, 1844.
- Ibn Abd al-Majid, Taj al-Din 'Abd al-Baqi al-Yamani. Ta'rikh al-Yaman al-Musamma Bahjat al-Zaman fi Ta'rikh al-Yaman. Sana'a: Dar Kalimah, 1985.
- Ibn Taghribirdi, Jamal al-Din Abu al-Mahasin Yusuf. Nujum al-zahira fi muluk Misr wa'l-Qahira, Volume II (Arabic). Cairo: Dar al-Kutub al-Misriyya, 1930.
- Khalifah ibn Khayyat. Tarikh Khalifah ibn Khayyat, 3rd ed (Arabic). Al-Riyadh: Dar Taybah, 1985.
- The History of al-Ṭabarī (40 vols), SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985–2007. ISBN 978-0-7914-7249-1.