Arpejio
Qiyofa
Arpejio (italyancha: „arpeggio“ – arfada chalish), arpedjio, arpedjo (italyancha: „arpeggiare“) – koʻpincha past tovushdan boshlanadigan akkord tovushlarini bir vaqtning oʻzida emas, balki ketma-ketlikda tartib bilan ijro etish usuli[1][2][3].
Arpejio koʻproq arfada, shuningdek fortepiano, chang va qonun kabi cholgʻularda keng qoʻllanadi. Ijro etilishi kerak boʻlgan akkordlarning chap tomoniga tikka toʻlqinsimon chiziq qoʻyiladi. U arpejio usulini koʻrsatadi[2][3]. Misol:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Arpejio" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ 3,0 3,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |