Kontent qismiga oʻtish

Applikatura

Vikipediya, erkin ensiklopediya
XVIII asr boshlarida Alessandro Skarlattining tokkatasida grafik belgilardan foydalanilgan applikatura

Applikatura (nemischa: „applicator“ ; lotincha: „applico“ —qoʻymoq, bosmoq) – musiqa cholgʻu asboblarini chalishda barmoqlarni toʻgʻri qoʻyish va almashtirish tartibi. Bu tartib notalarda koʻrsatilganda ham applikatura deb ataladi[1][2].

Applikatura arab raqamlari bilan notalarning ostiga yoki ustiga yoziladi. Klavishli musiqa cholgʻulari uchun raqamlar bosh barmoqdan boshlab 1, 2, 3, 4, 5 tartibida sanaladi. Torli musiqa cholgʻularida esa raqamlar koʻrsatkich barmoqdan boshlanadi. Bosh barmoqdan dastani ushlash uchun foydalaniladi. Ochiq torni chalish uchun 0 (nol) soni ishlatiladi[1][2].

Applikaturani toʻgʻri va aniq qoʻllash musiqa asarini badiiy ijro etishda muhim ahamiyatga ega. Fortepiano, skripka, alt, violonchel va boshqa cholgʻu asboblarida applikaturasi belgilangan asarlarni ijrochilar osonroq chaladilar[1][2].

  1. 1,0 1,1 1,2 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. 2,0 2,1 2,2 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.