Kontent qismiga oʻtish

Alt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alt (ital. alto – yuqori, baland) – ovoz va soz turi; 1) xor yoki vokal ansamblda partiya, xonanda bolalar yoki ayollar (messo-soprano, kontralto)ning past (yoʻgʻon) ovozi. Tenordan yuqori yoziladi; 2) xonanda oʻgʻil bolalarning past (yoʻgʻon) ovozi; 3) skripkasimon sozlar guruhiga mansub 4 torli kamonli soz, shaklan skripkadan kattaroq, kvinta past sozga egalt alt turli ansambllarda va simfonik orkestrda joʻrnavoz va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi; 4) alt yoki altgorn – puflama sozlar orkestridagi missoz; 5) orkestr sozlarining alt turlari: domra-alt, klarnet-alt, trombon-alt va boshqa ayrim oʻzbek xalq cholgʻulari (dutor, sato, afgʻon rubobi)ning diapazoni alt diapazoniga toʻgʻri keladi. Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri tarkibidan yangi yaratilgan dutor-alt va gʻijjak-alt oʻrin olgan. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan torli sozlar ijrochilari tanlovida alt ijrochilari ham qatnashadi. Oʻzbekiston kompozitorlari torli alt uchun yirik asarlar yaratishgan (masalan, B. Zeydmanning alt va simfonik orkestr uchun 1-2-konsert, alt va fortepiano uchun konsertinolari; Hab. Rahimovning alt va orkestr uchun konserti, alt Kozlovskiyning gʻijjak-alt va fortepiano uchun sonatasi va boshqalar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil