Kontent qismiga oʻtish

Applied Economics: Thinking Beyond Stage One

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Applied Economics: Thinking Beyond Stage One
Muallif(lar) Thomas Sowell
Til inglizcha
Janr(lar)i iqtisod
Nashriyot „Basic Books“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2003
Sahifalar soni 239
ISBN ISBN 978-0465081431

„Applied Economics: Thinking Beyond Stage One“ („Amaliy iqtisod: Birinchi bosqichdan keyinni koʻra olish“) — amerikalik iqtisodchi Thomas Sowell qalamiga mansub iqtisod boʻyicha kitob. Ilk bor 2003-yil New York shahrida „Basic Books“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. 2004-, 2008- hamda 2009- yillarda qayta nashr qilingan.

Asarda muallif siyosatchilar faqat „birinchi bosqich“, yaʼni yaqin kelajak haqida oʻylashi va shu sababdan iqtisod prinsiplaridan notoʻgʻri foydalanishini muhokama qiladi[1]. Birinchi bosqich biror amalning ilk natijasi boʻlib, unda keyin nimalar sodir boʻlishi eʼtiborga olinmaydi. Sowell aksar siyotchi birinchi bosqichdan keyinni koʻra olmasligini, chunki ularni navbatdagi saylov natijasigina qiziqtirishini taʼkidlaydi. Masalan, biror shtat hukumati biror shirkatga koʻproq soliq solib, yaqin kelajakda oʻziga koʻproq foyda olishi mumkin. Ammo vaqt oʻtishi bilan oʻsha shirkat oʻz faoliyatining ayrim boʻlaklarini boshqa shtatga koʻchirib oʻtishi, yangi bizneslar ham boshqa shtatlarni tanlashi mumkin. Pirovardida vaqt oʻtishi bilan soliqni oshirgan shtat zarar koʻradi, chunki tadbirkorlar boshqa shtatlarga koʻchib oʻtadi.

  1. „Seeing the Unseen.(Applied Economics: Thinking Beyond Stage One) (Book Review)“ [Koʻrinmas narsalarni koʻra bilish. („Amaliy iqtisod: Birinchi bosqichdan keyinni koʻra olish“) (Kitob taqrizi)] (inglizcha). Highbeam (2009-yil 22-sentyabr). 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar. (Wayback Machine saytida 2012-11-03 sanasida arxivlangan)