Anvar Sobirov
Anvar Sobirov | |
---|---|
Tavalludi |
Sobirov Anvar Karimovich 24-iyul 1976-yil |
Janrlar | Pop |
Kasbi | Aktyor, xonanda |
Faoliyat yillari | 2002-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Anvar Sobirov (24-iyul 1976-yil, Xorazm, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazm viloyatining Urganch shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi asli Xiva shahrilik boʻlishgan[1]. Uning akalari Murod Sobirov[2] va xonanda Ogʻabek Sobirov[3].
Dastlab, „Komiljon Otaniyozov“ nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabida doira cholgʻusini oʻrganadi. 7-yoshidan boshlab esa toʻylarda doira ijro qiladi[1]. 1995–1999-yillarda „Matyusuf Xarratov“ nomidagi Urganch musiqa bilim yurtida anʼanaviy xonandalik yoʻnalishida[4], 2007–2011-yillarda „Abdulla Qodiriy“ nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) ijtimoiy madaniy faoliyat yoʻnalishida tahsil olgan[5][6]. Talabalik davrida doira cholgʻusi bilan hamnafas boʻlib, ustozlari bilan qoʻshiqlar ham kuylagan[7]. 2024-yildan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[5].
Xonandalik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Sobirov 2002-yilda ilk marta estrada yoʻnalishida „Voha-voha“ nomli qoʻshiq ijro etgan va bu qoʻshiq mashhurlikka erishgan. Ilk konsertini esa 2005-yil Istiqlol sanʼat saroyida bergan. Bundan keyin 2011-yilda Istiqlol sanʼat saroyida “Koʻzimga toʻtiyo Vatan tuprogʻi“ nomli[7], 2014-yilda „Ayyoming muborak elim“ nomli konsertlar qoʻygan[8].
2015-yilda O‘zbeknavo estrada birlashmasi Anvar Sobirovni „ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun“ litsenziyasini bekor qilgan[9][10]. Lekin shu yilning yakunida litsenziyasini qaytarib olgan[11][12].
Nomi | Shoir | Bastakor | Yil | Izoh | Manba |
---|---|---|---|---|---|
Voha-voha | 2002 | ||||
Rotalla | |||||
Seni sevdim | |||||
Xayr | |||||
Muhabbat | |||||
Alam qilarkan | Tohir Muhammad | Jasur Javhanazarov | 2015 | [13] | |
Jiyda guli | 2010 | „Jiyda guli“ filmiga soundtrack | |||
Xayr yorim | 2005 | „Begona bahor“ filmiga soundtrack | |||
Shuba | 2019 | [14] |
Aktyorlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Sobirov birinchi marta 2005-yilda rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan „Begona bahor“ nomli filmda suratga tushgan. Uning filmdagi hamkori aktrisa Nargiza Abdullayeva boʻlgan[15].
Nomi | Rol | Rejissyor | Yil | Manba |
---|---|---|---|---|
Oppoq orzular | Ibrohim Rasulov | 2018 | [16] | |
Jiyda guli | Murod | Ibrohim Rasulov | 2010 | [17][7] |
Begona bahor | Ibrohim Rasulov | 2005 | [18][7][19] | |
Qayerdasan Oymomo? | Tojivoy Isroilov | [7] | ||
Qish ertagi | Dilmurod Mirxidoyev | [7] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Chotki Tv (2021-05-05), Itga xam kerak emas, Jahongir Otajonov ishi, uni azoblama birovni qizi, LGBTlarni otardim, intervyu, qaraldi: 2024-06-14
- ↑ Xabar.uz. „Judolik! Anvar Sobirovning akasi vafot etdi“ (6-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Xonanda Og‘abek Sobirov to‘ng‘ich qizini uzatdi (foto)“ (10-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Sayyod (2018-04-01), Анвар Собиров ГАСТАРБАЙТЕР ва ХАҚОРОТга жавоб берди!, qaraldi: 2024-06-15
- ↑ 5,0 5,1 Akobir Sayidov. „Anvar Sobirov rasmiy lavozimga tayinlandi“. Qalampir.uz (4-aprel 2024-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/star/385601/bio/
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 http://muz.uz/content/xonandalar/anvar-sobirov.html
- ↑ Mohichehra Eshmirzayeva. „Anvar Sobirov: “Jonli ijro fonogarammadan qimmat turadi”“. Darakchi.uz (18-mart 2014-yil). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „«O‘zbeknavo» Tamila, Anvar Sobirov va Yagonaning litsenziyasini to‘xtatdi“ (2-iyul 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „“O‘zbeknavo” Lola va boshqa xonandalarning litsenziyasi to‘xtatilishi yuzasidan batafsil izoh berdi“ (15-iyul 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Lisenziyasidan mahrum qilingan Anvar Sobirov Samarqand viloyatida o‘z “aybini” yuvadi“ (3-oktyabr 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Xonanda Anvar Sobirov litsenziyasini qaytarib oldi“ (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Darakchi.uz. „Anvar Sobirovdan tez kunda “Alam qilarkan” taronasini qarshi oling“ (6-aprel 2015-yil). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ RizaNovaUZ (2019-02-19), Anvar Sobirov - Shuba | Анвар Собиров - Шуба, qaraldi: 2024-06-15
- ↑ intervyuTV (2018-01-22), Anvar Sobirov va Nargiza Abdullayeva yig‘lab suhbatlashdi 50/50, qaraldi: 2024-06-14
- ↑ Daryo.uz. „Alsgeymer kasalligi haqidagi “Oppoq orzular” filmining premyerasi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi“ (9-mart 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Anvar Sobirov: “Jiyda guli” filmidan so‘ng ko‘chada yurolmay qolgandim (video)“ (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Anvar Sobirov ekranlarga chiqmagan “Begona bahor” va Nargiza Abdullayevani qo‘lini ushlab kechirim so‘ragani haqida gapirdi“ (5-iyul 2019-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ Кинопоиск. „Чужая весна (2005)“ (ruscha). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.