Anvar Qurbonov
Anvar Qurbonov | |
---|---|
Tavalludi |
Anvar Qurbonov 5-oktyabr 1948-yil |
Fuqaroligi | oʻzbek |
Kasbi | Quruvchi |
Faoliyat yillari | 1969—2015 |
Mukofotlari |
Anvar Sarmanovich Qurbonov (1948, hozirgi Sirdaryo viloyati Guliston tumani) – quruvchi usta, Oʻzbekiston Qahramoni (1998).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Qurbonov 1948-yilning 5-oktyabrida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini 1969-yildan Guliston tumanidagi 60-sonli qurilish tashkilotida gʻisht teruvchilikdan boshlagan, shu tumandagi 3-mexanizatsiyalashgan kolonnada qurilish brigadiri (1975-81), „Sir daryojamqurilish“ga qarashli 49-sonli mexanizatsiyalashgan kolonnaning brigada boshligʻi (1981—98), Guliston tumanidagi 4-sonli qurilishmontaj boshqarmasida brigada boshligʻi (1998 – 2000), 2000-yildan shu boshqarma kasaba qoʻmitasining raisi.
1969-yildan 1975-yilga qadar Guliston tumanining yirik sugʻorish inshooti – „Doʻstlik“ kanalini barpo etilishida ishtirok etgan[1].
Guliston shahridagi 5-mavze, „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi, suzish basseyni, Boks saroyi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining viloyat boʻlimi singari koʻplab yirik meʼmorlik inshootlari qurilishida faol qatnashib, yuqori mehnat koʻrsatkichlariga erishgan, koʻplab quruvchi shogirdlar yetishtirgan.
Anvar Qurbonov Guliston shahrida joylashgan, 1998-yilda ochilish marosimi boʻlib oʻtgan „Alpomish“ sport majmuasi qurilish ishlariga rahbarlik qilgan.
1998-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2005-yildan boshlab 10 yil davomida, yaʼni 2015-yilgacha Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, irrigatsiya boshqarmasi ish boshqaruvchisi boʻlib ishlagan.
2015-yilda Sirdaryo viloyati Xalq deputatlari kengashi deputati etib saylangan. Hozirgi kunda nafaqada[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Qahramoni (1998-yil)[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Anvar Qurbonov“. oyina.uz (2024-yil 25-iyun). Qaraldi: 30-iyun 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Oʻzbekiston Qahramonlari. Toshkent, "Adabiyot" nashriyoti, 2022 — 45-bet.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |