Kontent qismiga oʻtish

Anna Magnani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna Magnani
Tavalludi 7-mart 1908-yil
Vafoti 26-sentyabr 1973-yil(1973-09-26)
(65 yoshda)
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Anna Magnani (7-mart 1908-yil – 26-sentyabr 1973-yil) italyan film aktrisasi. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan[1][2]. Estradaning komik sahnalarida va fojiaviy spektakllarida ham bir xil muvaffaqiyat qozongan qamrovi keng sanʼatkorlardan. Magnani ijrosida fojiaviylik komediya bilan uygʻunlashib ketishi, obrazda koʻtarinkilik, keng koʻlamli ulugʻvorlik, noziklik asosiy oʻrin tutadi. „Rome, Open City“, „Love“, „The most beautiful“, „Mamma Roma“ filmlaridagi rollari bilan jahonga tanilgan. Magnani Hollywood filmlari – „The Rose Tattoo“ („Oscar“ mukofoti), „Wild is the Wind“da ham suratga tushgan[3].

1945-yilda Magnani toʻsatdan butun dunyo boʻylab shuhrat qozonadi. Roberto Rossellinining „Rome, Open City“ filmida aktrisa natsistlar tomonidan bosib olingan Rimda hayotini fojiali tarzda yakunlagan homilador beva ayol rolini oʻynagan. Magnani gavdalantirgan qahramonning oʻlim sahnasi hozirgi kungacha kino tarixidagi eng katta yutuqlardan biri boʻlib qolmoqda. Chet ellik tanqidchilar Magnanidagi vulqon taʼsirchan temperament bilan ayniqsa glamur yoʻqligidan hayratda qolganlar. Rejissiyorlar aktrisani neorealistik kino loyihalariga taklif qilish uchun bir-birlari bilan kurasha boshlaganlar va tez orada aktrisa Italiya kinosining yuziga aylangan. Magnani Rossellinining „L’Amore“ (1948) filmida qasddan zoʻravonlik qurboniga aylangan sodda fikrli dehqon ayol rolini oʻynagan.

50-yillarning oʻrtalarida Italiya neorealizmi inqiroz davriga kirgan va Magnani chet eldagi „orzular fabrikasi“ dan jozibali takliflarni ola boshlagan. Aktrisa yarim hazil bilan, „ishchi sinfining jazavali, baland ovozli vakillari rollaridan oʻlgudek zerikkanini“ taʼkidlagan. Dramaturg Tennessi Uilyams uni „The Rose Tattoo“ spektakliga taklif qilgan, biroq Anna ingliz tilini yomon bilishini aytib, Brodveyda oʻynashdan bosh tortgan. Ammo aktrisa spektaklning kino versiyasida rol oʻynashga rozi boʻlgan va bu unga „Eng yaxshi ayol roli“ uchun „Oscar“ mukofotini olishiga sababchi boʻlgan. 1957-yilda Magnani Jorj Kukorning taklifini qabul qilgan va Hollywoodga qaytib, „Wild is the Wind“ film dramasida suratga tushgan va yana „Oscar“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Oʻsha yillardagi filmlardagi sheriklari orasida Juliet Masina, Marlon Brando, Bert Lankasterlar boʻlgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Akademiya mukofoti nomzodlari hamda gʻoliblari“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 26-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2013-yil.
  2. „Oldest/Youngest Acting Nominees and Winners“ (inglizcha). Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 1-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2014-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil