Kontent qismiga oʻtish

Anklav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
C – A mamlakatida A mamlakati hududi bilan oʻralgan B mamlakatining anklavi. U B mamlakatiga eksklav hisoblanadi.

Anklav (lotincha: inclavatus – „yopiq“ va „clavis“ – „kalit“) – boshqa davlat hududdagi yer.

Anklav (frans. enclave, lot. inclavare – qulflab olish) – bir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan oʻrab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Masalan, Lesoto davlati JAR hududidagi anklav hisoblanadi. Agar anklav dengizga tutash boʻlsa, u yarim anklav deb ataladi[1].

Fargʻona viloyatiga qarashli Soʻx, Choʻngʻara, Tayan Shohimardon, Qalacha va Jangail hududlari Oʻzbekiston eksklavlari boʻlib, Qirgʻiziston Respublikasi uchun anklav boʻlib hisoblanadi[2].

Oʻzbekiston eksklavlari

Anklav mamlakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]