Kontent qismiga oʻtish

Angioprotektorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angiopatiyalarni davolash uchun vitaminli moddalardan rutin, askorbinat kislota qoʻllanadi, moddalar kapillyar devorini mustahkamlaydi, oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, taʼsir ikkita modda (rutin, askorbinat kislota) birga qoʻllanganda sezilarli boʻladi. Angiopatiyalarni davolashda yalligʻlanishga qarshi nosteroid moddalar hamda alohida angioprotektorlar qoʻllanadi.

Angioprotektorlardan prodektin — anginin, parmidin bradikininga qarshi taʼsir qiladi, qonda xolesterinning hajmini, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, fibrinoliz jarayonlarini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsiri ham bor. Bu modda miya tomirlar aterosklerozini, diabetik angiopatiyalarni, venalar trombozini, oyoq tomirlari endoarteritini, trofik yaralami davolash uchun qoʻllanadi, ogʻiz orqali yuboriladi, kam zaharli, salbiy taʼsirlardan koʻngil aynishi, bosh ogʻrishi, allergik jarayonlar kuzatiladi.[1]

Ditsinon (etamzilat) tomirlar mikrotsirkulyatsiyasini, oʻtkazuvchanligini normallashtiradi hamda gemostatik taʼsir qiladi, asosan tromboplastin hosil boʻlishini oshiradi, qon quyulishining boshqa omillariga taʼsir koʻrsatmaydi. Modda kapillyarlardan qon ketishida (diabetik retinopatiya), quloq, burun, tomoq klinikalarida, oftalmologiya, urologiyada, ichakdan, oʻpkadan qon ketganda qoʻllanadi. Ditsinon ogʻiz orqali, venaga, mushaklar orasiga yuboriladi.[1]

Doksiumning taʼsiri ditsinonga oʻxshab ketadi. Mikrotsirkulyatsiyani, tomirlar oʻtkazuvchanligini normallashtiruvchi, kapillyarlami mustahkamlovchi taʼsiri jihatidan ditsinondan ustunroq. Modda asosan yurak-qon tomir yetishmovchiligidan kelib chiqadigan angiopatiyalarda, venalarning varikoz kengayishida, diabetik angiopatiyalarda qoʻllanadi.[1]

Eskuzan oʻsimliklaridan olingan, tarkibida rutinga oʻxshash flavonoidlar mavjud, qon tomirlar oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, venalarning tonusini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.[2]

Trental qon tomirlami kengaytiradi, toʻqimalarning kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilaydi, modda fosfodiesteraza fermentini ingibitsiya qilib, toʻqimalarda siklik AMF hajmini oshiradi, trombotsitlar agretsiyasini kamaytiradi, qonni suyultiradi. Trental endoarterit, Reyno kasalligida, miya aterosklerozida qoʻllanadi, ogʻiz orqali hamda venaga yuboriladi. Miokard infarkti, yurak poroklarida qoʻllash man etiladi. Venaga yuborilganda bosh aylanishi, boʻshashish, yuz va boʻyin tomirlari qizarishi mumkin. Trental dartelin nomi bilan LEK firmasi tomonidan chiqariladi.[2]

  1. 1,0 1,1 1,2 Azizova. Angioprotektorlar. Toshkent: yangi asr avlodi, 2006-yil — 259-bet. ISBN 978-9943-08-025-6. 
  2. 2,0 2,1 Oripov. birinchi yordam, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008-yil — 326-bet. ISBN 978-9943-08-238-0.