Andrea Riseborough
Andrea Riseborough | |
---|---|
Tavalludi |
Andrea Louise Riseborough 20-noyabr 1981-yil Wallsend, Tyne va Wear, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2001–hozirgacha |
Andrea Louise Riseborough – ingliz aktrisasi. Kinodagi debyutini Venus (2006) filmida kichik rol bilan boshlagan. Brighton Rock (2010), W. E. (2011), Shadow Dancer (2012), Oblivion (2013), Birdman (2014), Nocturnal Animals (2016), Battle of the Sexes, The Death of Stalin (ikkalasi ham 2017-yil), Mandy, Nancy (ikkalasi ham 2018-yil), The Grudge, Possessor (ikkalasi ham 2020) va To Leslie (2022) filmlarida koʻzga koʻringan rollarda oʻynagan. Keyinchalik „Eng yaxshi ayol roli“ uchun „Oskar“ga mukofotiga nomzod boʻlgan.
Riseborough The Long Walk to Finchley (2008) televizion filmidagi Margaret Tetcher obrazi uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻlgan va Channel 4ning The Devil's Whore mini-serialida (2008) va National Treasure (2016) hamda BBC Onening The Witness for Prosecution (2016) mini-serialidalaridagi ijrosi uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻlgan. Teatr sahnasidagi asarlari orasida Miss Julie, Measure for Measure (ikkalasi ham 2006-yil) va Anton Chexovning Ivanov (2008) dramalari bor.