Andkhoy tumani
Andkhoy tumani | |
---|---|
tuman | |
36°57′0.0″N 65°7′0.1″E / 36.950000°N 65.116694°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Vaqt mintaqasi | UTC+4,30 |
|
Andxoʻy tumani — Afgʻonistonning Faryob viloyatidagi tuman. Tuman markazi Andxoʻy shaharchasi boʻlib, tumanda jami 81 ta qishloq bor. Tumanda koʻpchilik dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shugʻullanadi[1].
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andxoʻy tumani Maymana viloyati markazi va Jouzjon viloyatining markaziy shahri Shibirg'on bilan chegaradosh[2]. Biroq, Maymanadan Andkhoygacha boʻlgan yoʻl hozirda qurolli guruh tomonidan yopib qoʻyilgan[3]. Yoʻl Afgʻonistondagi eng yomon yoʻllardan biri sanaladi. Tuman hududidan Shirin Tagab daryosi oqib oʻtadi[4].
Manzil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman beshta daryo bilan oʻralgan: Khani Chahar Bagh, Khwaja Du Koh, Dawlatabad, Qaramqol va Qurghan. Khwaja Du Koh Jouzjon viloyatida joylashgan boʻlib, ushbu tuman Turkmaniston bilan chegaradosh.
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aksariyat aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Asosiy ekinlari bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori va kartoshka hisoblanadi. Tumanda sugʻorish tizimlari, oʻgʻitlar, pestitsidlar, savdo markazi yetishmaydi. Ammo u yerda Gilamdoʻzlik sanoati, charm fabrikalari, tikuvchilik, kashtachilik rivojlangan.
Ta'lim, sog'liqni saqlash va hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 11 ta maktab mavjud, biroq ular yetarlicha mablagʻ bilan ta’minlanmagan.
Tumanda sogʻlomlashtirish markazlari, dorixonalar, 20 oʻrinli shifoxona mavjud boʻlsa-da, tez yordam mashinalari, malakali shifokorlar yetishmaydi.
Afg'oniston hukumati hudud ustidan kuchli nazorat oʻrnatgan. Biroq, Tolibon ushbu tumanni ham qoʻlga olish harakatida[5]. Andxoʻyda davlat amaldorlari orasida ham korrupsiya keng tarqalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Control Timelines by District“. mapsynch.maps.arcgis.com. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Google Maps“. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Afghanistan Weekly Humanitarian Update: 10 February to 16 February 2020“. humanitarianresponse.info (2020-yil fevral). Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
- ↑ Daud Saba. „The Province of Faryab“. afghanmagazine.com (1998). 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
- ↑ „Faryab Taliban Shadow Judicial System“. dia.mil. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.