Anatoliy Osheyko
Anatoliy Kuzmich Osheyko (1913.14.1, Uzoq Sharq oʻlkasidagi Lipovsi shahri —1987.2.11, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Vladivostok shahridagi badiiy maktabda oʻqigan (1928—30). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Turkiston harbiy okrugi siyosiy ishlar bosh boshqarmasida rassom (1946—49), "Oʻzbekiston xotin-kizlari" jurnalda badiiy muharrir (1947— 60), Oʻzbekiston davlat nashriyotida bosh rassom (1960—87). O. ijodida kitob be-zagi va grafika yetakchi oʻrinni egallaydi. "Yosh Oʻzbekiston", "Oʻzbek xalq sheʼriyati", "Oltin qishloq" (M. Mirshakar), "Shuʼla" (M. Shayxzoda) va boshqa kito-blar bezagida oʻzbek xalq amaliy bezak sanʼati anʼanalaridan ijodiy foydalangan. Linogravyuralari ("Quyosh boti-shi. Samarqand", "Qirov", "Qish. Anhor", "Katta energiya" va boshqalar)da keskin ranglardan mohirona foydalanib, manzara, holatlar ifodaliligi va taʼsirchanligiga erishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |