Anastasiya Miroshnichenko
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anastasiya Olegovna Miroshnichenko | ||
Tavallud sanasi | 30-mart 2004-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati | ||
Klub | Gimnasyikaga ixtisoslashtirilgan yoshlar sport maktabi |
Anastasiya Olegovna Miroshnichenko (ruscha: Анастасия Олеговна Мирошниченко; 2004-yil 30-martda tavallud topgan) – oʻzbekistonlik sport gimnastikachi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi ilk jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miroshnichenko Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatida dunyoga kelgan. 2008-yildan badiiy gimnastika bilan shugʻullana boshlagan va 2013-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidan joy olgan[1].
Sport karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar oʻrtasidagi musobaqalardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anastasiya Miroshnichenko xalqaro miqyosdagi debyutini Minskda boʻlib oʻtgan Respublika ochiq musobaqalarida oʻtkazdi va gimnastikaning koʻpkurash, tayanib sakrash va polda mashq bajarish turlari boʻyicha birinchi oʻrinni, parallel bruslarda mashq bajarish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Keyinchalik, oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etdi. Miroshnichenko koʻpkurash bahslari boʻyicha 10-oʻrin, parallel bruslar va polda mashq bajarish boʻyicha 5, tayanib sakrash mashqlari boʻyicha 7-oʻrinni egalladi[3]. 2017-yilgi Voronin kubogida ham ishtirok etdi va koʻpkurash bahslarida rossiyalik Aleksandra Shchekoldina va Vladislava Urazovalardan keyin bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, tayanib sakrash va parallel bruslarda mashq bajarish boʻyicha toʻrtinchi, polda mashq bajarish boʻyicha oltinchi va yakkachoʻpda muvozanatni saqlash turida yettinchi oʻrinni egalladi[4].
2018-2019-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anastasiya Miroshnichenko 2018-yilgi mavsumni Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Prezident kubogi bahslarida boshladi. Sportchi koʻpkurash, tayanib sakrash va yakkachoʻpda muvozanatni saqlash turlari boʻyicha oltin medalni, parallel bruslarda mashq bajarish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi va polda mashq bajarish boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi[5]. Anastasiya 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etib, koʻpkurash boʻyicha yettinchi, tayanib sakrash va parallel bruslarda mashq bajarish boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi[6].
2019-yilning iyun oyida Miroshnichenko oʻsmirlar oʻrtasida oʻzining ilk jahon chempionatida Dildora Aripova va Anna Silnova bilan birga ishtirok etdi. Anastasiya koʻpkurashda 33-oʻrinni egalladi va oʻsha musobaqada eng yuqori oʻrinni egallagan oʻzbekistonlik gimnastikachi boʻldi. U saralash bosqichida sakrash mashqlari boʻyicha 15-oʻrinni egallagani bois musobaqa finalida ishtirok eta olmadi[7].
Kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miroshnichenko 2020-yildan kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi, biroq oʻsha yili musobaqalarning aksariyati COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi yoki ortga surildi. Miroshnichenko Varna Challenge Cup musobaqasida oʻzining ilk katta xalqaro debyutini oʻtkazdi va sakrash boʻyicha Coline Devillard, Uliana Perebinosova va Oksana Chusovitinadan keyin toʻrtinchi oʻrinni egalladi[8]. Oktyabr oyida Anastasiya Miroshnichenko Dildora Aripova, Giunaz Jumabekova va Ominaxon Xalilovalar bilan birgalikda Janubiy Markaziy Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Ular jamoaviy bahslarda 1-oʻrinni, yakkalik oʻyinlarining koʻpkurash bahslarida Miroshnichenkoning oʻzi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, sportchi keyingi uchta musobaqa finaliga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Tadbir finalida Miroshnichenko tayanib sakrash va polda mashq bajarish boʻyicha oltin medal va Aripovaning orqasida parallel bruslarda mashq bajarish boʻyicha esa kumush medalga ega chiqdi[9].
2022-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanvar oyida Miroshnichenko mashgʻulot paytida boʻyin umurtqasini shikastlab oldi[10] va shu sababdan mavsumning qolgan qismida salomatligini tiklash maqsadida maydonga tushmadi. May oyida esa xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi.
Musobaqalar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Tadbir | Jamoa | AA | VT | UB | BB | FX |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Yoshlar | |||||||
2017 | Respublika ochiq musobaqalari | ||||||
Osiyo chempionati | 4 | 10 | 7 | 5 | 5 | ||
Voronin kubogi | 4 | 4 | 7 | 6 | |||
2018 | Prezident kubogi | 5 | |||||
Osiyo chempionati | 4 | 7 | 4 | 4 | 8 | ||
2019 | |||||||
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 17 | 33 | |||||
Kattalar | |||||||
2021 | Varna Challenge kubogi | 4 | |||||
Janubiy Markaziy Osiyo chempionati |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ПРОФИЛЬ СПОРТСМЕНА“ (ru). Uzbekistan Gymnastics Federation. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
- ↑ „Гимнасты Узбекистана завоевали шесть медалей в Минске“ (ru). UZ News (2017-yil 30-mart).
- ↑ „2017 Asian Junior Championships“. The Gymternet (2017-yil 17-may).
- ↑ „2017 Voronin Cup Results“. The Gymternet (2017-yil 20-dekabr).
- ↑ „Milad Karimi Won His First Competition Of The Season“. Gymnovosti (2018-yil 16-fevral).
- ↑ „2018 Asian Junior Championships Results“. The Gymternet (2018-yil 30-aprel).
- ↑ „2019 Junior World Championships Results“. The Gymternet (2019-yil 2-iyul).
- ↑ „Kovtun claims two golds, Perebinosova wins full set of medals in Varna“. International Gymnastics Federation (2021-yil 31-may).
- ↑ „Anastasiya stars as Uzbeks ooze with delight“. The Daily Star (2021-yil 29-oktyabr).
- ↑ „Настя, мы с тобой!“ (ru). Uzbekistan Gymnastics Federation. 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.