Kontent qismiga oʻtish

An Outline of the American Economy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
An Outline of the American Economy
Muallif(lar) bir necha
Til inglizcha
Janr(lar)i iqtisod
Nashr etilgan sanasi 1981
Nashriyot AQSH Maʼlumot agentligi

An Outline of the American Economy“ (tarjimasi „Amerika iqtisodi qiyofasi“), keyingi nashrlar „An Outline of the U.S. Economy“ (tarjimasi „AQSH iqtisodi qiyofasi“) deb ataladi — AQSH iqtisodi haqidagi kitob. Ilk bor 1981-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligi (inglizcha: United States Information Agency) tomonidan chop etilgan. 2000-yildan boshlab kitobning yangi nashrlari AQSH Davlat departamentining Xalqaro maʼlumot dasturlari byurosi (inglizcha: Bureau of International Information Programs) tomonidan chop etib kelinadi.

Turli nashrlarni turli shaxslar, jumladan, Robert L. McCan, William H. Peterson, Stewart Ramsey, Christopher Conte va Albert R. Karr[1] va Peter Behrlar yozgan. Kitobda AQSH iqtisodi tarixi, hozirgi holati va jahon iqtisodida tutgan oʻrni haqida hikoya qilinadi. Asardan xorij mamlakatlarida AQSH iqtisodi haqidagi darslarda qoʻshimcha material oʻlaroq foydalanish tavsiya qilingan[2].

  1. Hu, Desheng (1-yanvar 2012-yil). „China's Governance of Exhaustible Natural Resources under the WTO era: Taking its REE Governance as a Case“. Energy Procedia (inglizcha). 16-jild. 656–660-bet. doi:10.1016/j.egypro.2012.01.106.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Underwood, William J. (2002). „Exploring American Culture : Educational Resources and One Classroom Approach“ (inglizcha). 福岡女学院大学人文学部. 17–34-bet. Qaraldi: 31-dekabr 2024-yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()