Kontent qismiga oʻtish

An Outline of American Geography

Vikipediya, erkin ensiklopediya
An Outline of American Geography: Regional Landscapes of the United States
Muallif(lar) bir necha
Til inglizcha
Janr(lar)i geografiya
Nashr etilgan sanasi tax. 1955
Nashriyot AQSH Maʼlumot agentligi

An Outline of American Geography“, toʻliq nomi „An Outline of American Geography: Regional Landscapes of the United States“ (tarjimasi „Amerika jugʻrofiyasi qiyofasi: Qoʻshma Shtatlarning hududiy landshaftlari“) – AQSH jugʻrofiyasi haqidagi kitob. 1950-yillardan boshlab chiqarila boshlangan. Bir necha marta qayta nashr qilingan, turli nashrlarga turli shaxslar, jumladan, R. Tamsma, Earl N. Mittleman, Stephen S. Birdsall hamda John Florin mualliflik qilgan. Kitobda AQSH jugʻrofiyasi, xususan, mamlakat jugʻrofiyasi odamlar tomonidan yillar davomida qanday oʻzgartirilgani haqida hikoya qilinadi. Asardan xorij mamlakatlarida AQSH jugʻrofiyasi haqidagi darslarda qoʻshimcha material oʻlaroq foydalanish tavsiya qilingan[1].

Kitobning ayrim nashrlarida chop etilgan yili koʻrsatilmagan. David Wrightning tahliliga koʻra, kitob ilk bor 1955-yildan oldin xususiy nashriyot tomonidan chop etilgan[2]. Keyinchalik esa AQSH Maʼlumot agentligi (inglizcha: United States Information Agency) tomonidan chop etilgan. Ayrim nashrlar Stephen S. Birdsall va John Florinning „Regional Landscapes of the United States and Canada“ kitobining qisqartirilgan nusxasidir.

Wright kitobga yozgan taqrizida davlat idorasi tomonidan hozirlangan boʻlsa-da, ayrim muammolar xolis bayon qilinganini olqishlagan. Ammo yirik muammolar haqida hech nima deyilmagani keskin tanqid qilgan: „Ifloslanish haqida deyarli hech narsa yoʻq. [Mamlakatda goʻyo] shahar muammolari mavjud emas! Ishsizlik – koʻz koʻrib, quloq eshitmagan hodisa. Irqiy muammolar esa oʻtmishda qolgan“[2]. Shuningdek, Wright yillar davomida kitobda afroamerikaliklar qismati haqida oʻta oz maʼlumot berilganini, bor maʼlumot ham qullik muammosini ozaytirib koʻrsatish maqsadida oʻzgartirilganini taʼkidlagan. Nihoyat, kitobda propaganda elementlari ham borligini, ammo davlat tomonidan hozirlangan qoʻllanmaga boʻlgani uchun bu tushunarli holat ekanligini xulosa qilgan.

  1. Underwood, William J. (2002). „Exploring American Culture : Educational Resources and One Classroom Approach“ (inglizcha). 福岡女学院大学人文学部. 17–34-bet. Qaraldi: 31-dekabr 2024-yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  2. 2,0 2,1 Wright, David (yanvar 1986-yil). „Whose Outline of American Geography? An Exercise in Textbook Research“. The Social Studies (inglizcha). 77-jild, № 1. 44–46-bet. doi:10.1080/00220973.1944.11019779.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()