Amperometrik titrlash
Qiyofa
Amperometrik titrlash – hajmiy analizning elektr-kimyoviy usullaridan biridir.
Bunda titrlashning oxirgi nuqtasi titrlash jarayonida eritmadan oʻtayotgan diffuzion tok kuchining oʻzgarishiga qarab aniqlanadi. Amperometrik titrlashda polyarografik indikator elektrodi sifatida simob tomchisi, shuningdek asl metallar (odatda platina) yoki uglerodli materiallar (grafit, shishauglerod va boshqalar)ning qattiq mikroelektrodlari qoʻllanadi. Amperometrik titrlashdan anorganik va organik moddalarni analiz qilishda hamda turli xil ilmiy tekshirishlarda choʻkmalarning eruvchanligi va kompleks birikmalarning turgʻunligini aniqlashda keng foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |