Ammor ibn Ali al-Mavsiliy
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. (2024-03) |
Ammor ibn Ali al-Mavsiliy | |
---|---|
Tavalludi |
996 |
Vafoti | 1020 |
Fuqaroligi | Abbosiylar va Fotimiylar xalifaligi |
Abul Qosim Ammor ibn Ali al-Mavsiliy (arabcha: عمار الموصلي)(996-yil, Mavsil, Iroq — 1020-yil) – X asrda yashagan mashhur arab-musulmon oftalmologi. Uning hayoti yoki taʼlimi haqida maʼlumotlar kam boʻlishiga qaramay, unga barcha arab oftalmologlarning eng aʼlosi deb taʼrif berilgan[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ammor ibn Ali al-Mavsiliy Iroqning Mavsil shahrida tavallud topgan. Keyinchalik Fotimiylar xalifasi Hakim hukmronligi davrida Misrning Qohira shahriga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda istiqomat qilishni boshlagan. Mavsiliy Qohirada oʻzining 21 bobdan iborat "Kitob al-Muntaxab fi ilm al-aʼyn" (Koʻz kasalliklarini davolash usullari boʻyicha saylanma) asarini yozgan[1][3][4][5]. U oʻzining ushbu asarida koʻzning koʻrish qobiliyatini pasaytiradigan kasalliklar, shu jumladan, „Katarakta“ kasalligini jarrohlik yoʻli bilan davolash boʻyicha nazariy va amaliy tajribalarini yozib qoldirgan[1].
Mavsiliy kataraktani jarrohlik yoʻli bilan davolashda oʻzi ixtiro qilgan maxsus, ichi boʻm-boʻsh boʻlgan uzunchoq ignadan (shpritssimon) xiralashgan pardani igna (shprists) ichiga soʻrib olish uchun foydalangan[1]. Bu uslub oʻsha davr uchun ulkan kashfiyot hisoblangan[6]. Buning sababi, oʻsha davrga qadar antik yunon olimi Anteliy kataraktani olib tashlashda shisha idishdan foydalanib kelgan edi.
Mavsiliyning jarrohlik asbobi zanglamas ingichka temirdan yasalgani uchun asrlar davomida koʻzni davolashda foydalanib kelinadi va „Ammor“ nomini oladi. Uningning „Nur al-Uyun“ (Koʻz nuri) oftalmologiya boʻyicha yozgan qoʻllanmasi lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, XVIII asrga qadar gʻarb tibbiyotiga ixtisoslashgan muassasalarda koʻzni davolash boʻyicha asosiy darslik sifatida qoʻllangan[1]. Bundan tashqari u mashhur koʻz olimi Ali ibn Iso al-Kahholning zamondoshi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. „Ammor ibn Ali Abul Qosim Mavsiliy“ (25-mart 2022-yil). 2024-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2024-yil.
- ↑ E., Mittwoch. "ʿAmmār al-Mawṣilī" (en). Brill Online Encyclopedia. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/ammar-al-mawsili-SIM_0628?s.num=522&s.start=520.
- ↑ https://www.1001inventions.com/fun-learning/books/manuscripts/
- ↑ https://search.worldcat.org/title/Las-operaciones-de-catarata-de-Ammar-ibn-Ali-al-Mausili-The-cataract-operations-of-Ammar-ibn-Ali-al-Mawsili-Les-operations-de-caratacte-de-Ammar-ibn-Ali-al-Mousili-Die-Staroperationen-des-Ammar-ibn-Ali-al-Mausili-ikayat-fi-qada-al-ma-naqlan-an-Kitab-al-muntakhab-fi-ilm-al-ayn/oclc/599137564
- ↑ https://www.researchgate.net/publication/377471354_History_and_Accounts_of_Literature_written_in_Unani_Medicine_from_9th_to_12th_centuries
- ↑ An Uncommon History of Common Things (en). National Geographic Books, 2015.