Shprits
Qiyofa
Shprits (nem.) — tibbiy asbob. Organizmga turli dori eritmalari yuborish (inʼyeksiya), boʻshliklardan (plevra va boshqalar) suyuqliklar (qon, yiring)ni soʻrib olish va boshqalar muolajalarda ishlatiladi.
SH. oʻlchami aniq koʻrsatilgan, dori eritmalarini dozalarga boʻlishga imkon beradigan silindrdan, porshen va ichi kovak ignadan iborat. Hozir bir marta ishlatiladigan Sh.lar keng rusum boʻlgan. Bu turli kasalliklar yuqishi va tarqalishining oldini olish imkonini beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |