AmaLee
AmaLee | |
---|---|
2023-yil | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Amanda Lee 13-mart 1992-yil[1] |
Janrlar |
|
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2006-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | leeandlie.com |
Kanal | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Obunachilar | 2,23 million | |||||||||
Jami koʻrishlar | 1,089 milliard | |||||||||
|
Channel | |
---|---|
Faoliyat yillari | 2021-yildan hozirgacha |
Janr | Video oʻyinlar |
Kuzatuvchilari | 345 000 |
Amanda Lee (1992-yil 13-mart[2]), shuningdek, AmaLee nomi bilan tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi, dublayj aktrisasi, YouTuber va Monarch nomi ostidagi VTuber hisoblandi[3]. Amanda YouTube[1]da anime va video oʻyin qoʻshiqlarining ingliz tilidagi coverlari bilan tanilgan, ular 1 milliard marta koʻrilgan va unga 2 milliondan ortiq obunachi[4] qoʻshilgan. Dublyaj aktrisasi sifatida Lee Dragon Ball Xenoverse 2, Kaguya-sama: Love Is War, Rio: Rainbow Gate!, SSSS.Dynazenon, Kageki Shojo!!, Girls' Frontline, Otherside Picnic, Adachi and Shimamura, My Dress-Up Darling, Aokana: Four Rhythm Across the Blue, One Piece Film: Red, va Honkai: Star Rail kabi anime va video oʻyinlarda ovoz bergan.
Lee shuningdek, koʻplab video oʻyinlar saundtreklari va qoʻshiqlari uchun vokal taqdim etgan, hamda Porter Robinson bilan Fellow Feeling filmida hamkorlik qilgan[5]. 2017-yilning boshida u oʻzining Nostalgia debyut albomini taqdim etdi, unda oʻyin va anime muxlislari tomonidan sevilgan 12 ta qoʻshiqning ingliz tilidagi versiyalari jamlangan. Albom Billboard Heatseekers Albumsda 6-oʻrinni[6], Billboard Independent Albumsda 27-oʻrinni[7] , Billboard Top Rock Albumsda 43-oʻrinni[8] va UK Independent Album Breakersda 12-oʻrinni egalladi[9].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda AmaLee anime muxlislari va video oʻyinchilar orasida mashhur boʻlgan oʻzining coverlari uchun qoʻlda tayyorlangan videolarni joylashtira boshladi. Keyinchalik 2010-yilda Lee doʻsti Annalie bilan YouTubeʼda LeeandLie nomi ostidagi kanal yaratdi[10]. Amandaning soʻzlariga koʻra, ularning kanal nomi uning ismidan Lee va doʻsti Annali ismidan Lie soʻzlarining birikmasidan iborat[10]. 2010-yilning 14-dekabrida LeeandLie oʻzining birinchi videosini, AmaLee tomonidan tarjima qilingan va ijro etilgan Ayashi no Ceres animesidagi Scarlet qoʻshigʻining coverini taqdim etishdi.
2011-yilda AmaLee Bang Zoom! Entertainment va Viz Media tomonidan, hamda Anime Expo, har yili Los-Anjelesda anime muxlislari uchun oʻtkaziladigan anjuman hamkorligida oʻtkaziladigan AX Idol qoʻshiqlar tanloviga qoʻshildi va bosh sovrinni qoʻlga kiritdi[1][11]. Oʻshandan beri u Dragon Ball Xenoverse 2, One Piece, Yandere Simulator, Gosick, Rio: Rainbow Gate!, K-On!!, va Show by Rock!! kabi shou va animelarda oʻz ovozini berish bilan shugʻullandi[12][13]. Shuningdek, AmaLee koʻplab video oʻyinlar saundtreklari va qoʻshiqlari uchun vokal taqdim etgan, Porter Robinson bilan hamkorligi bunga bir misol boʻlishi mumkin[5]. Bundan tashqari, Dragon Ball Super filmining oʻn birinchi yakuniy qismidagi Lagrima qoʻshigʻining inglizcha coverini kuylaganligi bilan ham mashhurdir.
2012-yilning 2-sentyabrida ular oʻzlarining eng koʻp koʻrilgan videosini, Sword Art Online animesidan Crossing Field qoʻshigʻining coverini yukladilar, 2022-yilning iyul oyida, bu video 23 milliondan ortiq marotaba koʻrilgan[14] . 2014-yilda Annalie kanalni tark etdi va uni AmaLeega topshirdi. Bunga qaramasdan, kanal nomi oʻzgartirilmasdan, LeeandLie nomi ostida qolaverdi[15].
2017-yilning 7-yanvarida u oʻyin va anime muxlislari tomonidan sevilgan[16] 12 ta qoʻshiqning ingliz tilidagi versiyalarini birlashtirgan Nostalgia nomli birinchi albomini taqdim etdi[17]. Albom Billboard Heatseekers Albumsda 6-oʻrinni[6], Billboard Independent Albumsida 27-oʻrinni[7] va Billboard Top Rock Albumsida 43-oʻrinni egalladi[8]. 2017-yilning 22-sentyabrida u 5 ta original qoʻshiqni oʻz ichiga olgan Hourglass nomli EPni chiqardi[18][19].
2017-yilning iyul oyida Lee Los-Anjeles Anjumanlar Markazida Anime Expoda chiqish qildi[20]. 2017-yilning 22-avgustida AmaLee YouTube yulduzlari NateWantsToBattle va MandoPony bilan Amerika boʻylab The Cool and Good Tourda ishtirok etishi eʼlon qilindi[21]. AmaLee onlayn jang maydoni League of Legendsning 2019-yildagi reytingli mavsum treylerida vokal va matnlarni ijro etdi[22].
2021-yilning 11-dekabrida AmaLee Twitchda Monarch nomli yangi VTuber qahramonini taqdim etdii[23].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Deming, Mark „AmaLee | Biography & History“. AllMusic. — „Born Amanda Lee on March 13, 1992, she was a serious fan of Japanese animation and video games by her early teens, and in 2006 she began posting homemade videos of her covers of tunes popular with anime followers and gamers.“. 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ „AmaLee 🦋 M̶̱̍ö̷̧́n̶̝͋a̷͔̓r̷̝̓c̶̼̈́h̸͕̀ (@LeeandLie)“. Twitter. 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „MonarchVerse : Villainess Vtuber 🦋 Queen of the Multiverse“. Twitter.com. 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
- ↑ „LeeandLie YouTube Channel“. 2022-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 Greene, Scott. „Your EDM Exclusive Interview: Porter Robinson on 'Worlds'“. Your EDM (2014-yil 31-oktyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 „AmaLee "Nostalgia" Heatseekers chart“. Billboard. January 28, 2017. Qaraldi: April 11, 2018.
- ↑ 7,0 7,1 „AmaLee "Nostalgia" Independent chart“. Billboard. January 28, 2017. Qaraldi: April 11, 2018.
- ↑ 8,0 8,1 „AmaLee "Nostalgia" Top Rock chart“. Billboard. January 28, 2017. Qaraldi: April 11, 2018.
- ↑ „Official Independent Album Breakers Chart Top 20“. Official Charts (2017-yil 13-yanvar). 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
- ↑ 10,0 10,1 @LeeandLie. „My friend Annalie and I used to share the account back in the day! So it was LEE from my name and LIE from hers~!“ (2016-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ Lizzy.. „AmaLee and Mari Iijima AX 2017 Press Conference“. HoneysAnime (2017-yil 7-iyul). 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ „Amanda Lee (visual voices guide)“. Behind The Voice Actors. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
- ↑ „AmaLee“. IMDb.com. 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
- ↑ „Sword Art Online – "Crossing Field" (Opening) | English ver | AmaLee“. LeeandLie (2012-yil 2-sentyabr). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ „LiveChat No. 4 // Annalie's last livestream!“. LeeandLieTV (2014-yil 19-oktyabr). 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ „The MOST Popular Anime Songs, According to YouTube“. Animemotivation.com (2018-yil 30-iyun). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- ↑ „Nostalgia by AmaLee“. iTunes Store (2017-yil 7-yanvar). 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ „Hourglass – EP by AmaLee“. iTunes Store (2017-yil 22-sentyabr). 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ „AmaLee | Biography & History“. AllMusic. 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ Amo, Meg. „AmaLee joins AX 2017 for 10th Anniversary of Late Comedy Showdown“. Anime Expo (2016-yil 23-noyabr). 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ Benjamin, Jeff. „Nathan Sharp announces Fall Tour with fellow YouTube stars“. Fuse TV (2017-yil 22-avgust). 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ Morrissy, Kim. „P.A. Works Produces League of Legends Video Game Ad“. Anime News Network (2019-yil 23-yanvar). 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-fevral.
- ↑ „MonarchVerse : Villainess Vtuber 🦋 Queen of the Multiverse“. Twitter.com. 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda AmaLee haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- AmaLee IMDbda
- AmaLee AllMusicda
- AmaLee Discogsda diskografiya
- AmaLee Apple Musicda diskografiya
- Andoza:Anime News Network