YouTube Creator Awards
YouTube Creator Awards (YouTube Ijodkori Mukofotlari)
YouTube Creator Awards, bu YouTube Play Buttons yoki YouTube Plaques nomlari bilan tanilgan, eng mashhur kanallarni tan olishga qaratilgan YouTubeʼning bir qator ketma-ketlikdagi mukofotlaridir. Ular kanal obunachilari soniga asoslangan, lekin birgina YouTubeʼning mustaqil qaroriga koʻra taklif etiladi..YouTube hamjamiyati koʻrsatmalariga amal qilganligiga ishonch hosil qilish uchun har bir kanal mukofot berilishidan oldin koʻrib chiqiladi.[1] YouTube qoʻrqinchli yoki ekstremistik siyosiy mazmundagi kanallarga Creator Award’ni topshirishdan bosh tortish huquqiga ega.[2][3]
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]YouTube kanali maʼlum bir bosqichga yetib, YouTube Creator Reward (Youtube Ijodkori mukofoti)ga loyiq deb hisoblansa,[1] ularga YouTube oʻynash tugmasi belgisi boʻlgan metall qoplamadagi nisbatan tekis kubok beriladi. Kuboklar turli oʻlchamlarda boʻladi: har bir tugma va metal disk kanal obunachilari soniga qarab tobora kattalashib boradi.[4] Oltin Ijodkor mukofoti VidCon 2012 da[5], VidCon 2013 da Kumush Ijodkor mukofoti[6] va VidCon 2015 da Olmos Ijodkor mukofoti[7] bilan bir qatorda taqdim etilgan. Ijodkor mukofotlari Nyu-Yorkdagi Society Awards kompaniyasi tomonidan tayyorlanadi.[8]
2021-yil mart oyigacha YouTube uchta qoʻshimcha imtiyoz darajasini oʻz ichiga olgan edi. Bular Ijodkor mukofotlari huquqiga ega emas, lekin turli xil dastlabki afzalliklarni taklif qiladi:
• Grafit 1 dan 999 tagacha obunachiga ega kanallar uchun edi.
• Opal 1,000 dan 9,999 tagacha obunchiga ega kanallar uchun edi. Bu YouTube sherikchilik dasturi uchun talab qilinadigan minimum obunachilar miqdori boʻlib, u oxirgi 12 oydagi umumiy tomoshabinlarning minimum 4,000 kuzatuv soati va kanal kontentini dastur qoidalariga muvofiqligini aniqlash uchun qoʻlda koʻrib chiqishni ham talab etadi.
• Bronza 10,000 dan 99,999 tagacha obunachiga ega kanallar uchun edi. YouTubeʼning NextUp dasturi ushbu belgilangan daraja va boshqa dastur mezonlariga javob beradigan kanallar uchun maxsusdir. Bu Spreadshop va Teespring tovar rastasi uchun ham talab qilinadigan minimal obunachilar miqdori. Hozirda uchta muntazam Ijodkor mukofotlari darajasi mavjud, shuningdek, bir necha bor taqdirlangan toʻrtinchi va beshinchi darajalar ham bor:
-
Kumush Ijodkor mukofoti namunasi
-
Chapda: Jan Zimmermann, Kumush mukofot
O'ngda: Tim Lehmann, Oltin mukofot -
Salvadorlik YouTube ijodkori Fernanfloo o'zining Olmos Ijodkor mukofotini ushlab turibdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „YouTube Creator Rewards“. YouTube. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2016-yil.
- ↑ Weiss. „YouTube On 'Play Button' Awards: "Not All Creators Who Apply Will Receive Awards"“. Tubefilter.com (6-fevral 2018-yil). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2018-yil.
- ↑ Alexander. „YouTube says 'not all creators who apply' for Creator Awards will receive them“. Polygon.com (2-fevral 2018-yil). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2018-yil.
- ↑ „YouTube Creator Hub“. YouTube. 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2017-yil.
- ↑ Jcohen. „YouTube Gives 24-Karat Gold 'Play Button' to Channels with 1M+ Subs“. Tubefilter.com (29-iyun 2012-yil). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2021-yil.
- ↑ Storbeck. „VidCon Round-Up: What's New“. YouTube Official Blog (3-sentabr 2013-yil). 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2022-yil.
- ↑ „YouTube Gives New Diamond Play Button To Channels With 10 Million Subscribers“. Tubefilter.com (24-iyul 2015-yil). 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2021-yil.
- ↑ Watts. „Some of the most famous trophies in the entertainment world get their finishing touches in Grove“. Tulsa World. 2022-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |