Alyaska tizmasi
Qiyofa
Alyaska tizmasi — Alyaska janubidagi togʻ tizmasi.
Uzunligi 1000 m, eng baland choʻqqisi Mak-Kinli (6193 m). Oʻq qismi granitlardan, chekkalari choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Yon bagʻirlari tik, qoyali, kuchli parchalangan. Alyaska tizmasi Tinch okeandan keladigan nam shamollarni tutib qoladi. Janubiy yon bagʻirlari namgarchil, 800 m balandlikkacha qora qaragʻay oʻrmonlari, undan yuqorisi qor va muzlar bilan qoplangan. Shimoliy yon bagʻirlari qurgʻoqchil, 1000- 1100 m gacha oʻrmon, undan balandda togʻ tundralari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |