Alp Arslon
Alp Arslon (forscha: آلپ ارسلان)(20-yanvar 1029-yil — noyabr 1072-yil) — Saljuqiylarlarning ikkinchi sultoni (1063-1072), mohir sarkarda. Uning asl ismi Muhammad ibn Dovud. 1071-yilda Vizantiya imperiyasi hukmdori Rim Diogen bilan jang qilgan Malazgirt jangidagi muvaffaqiyati bilan mashhur.
Gruziya (1064), Ozarbayjon (1064), Oʻrta Osiyo (1064-1065)ni zabt etgan. 1071-yil Mansikert yaqinida (Sharqiy Turkiyada, Van koʻli atrofida) Vizantiya imperatori Roman IV Diogen (1068-1071) qoʻshinlari ustidan zafar qozongan, natijada Kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini saltanatiga qoʻshib olgan (keyinchalik bu yerlarda Koʻniya sultonligi vujudga kelgan). Alp Arslon davrida mamlakat ishlarini mashhur vazir Nizomulmulk boshqargan. Alp Arslon Buxoroga yurish paytida vafot etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |