Allotropiya
Qiyofa
Allotropiya (yun. allos — boshqa va tropos — burilish, yoʻnalish) — kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud boʻla olishi. Bu allotropik modifikatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki koʻmir holida uchraydi. Umuman hozir maʼlum boʻlgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl oʻzgarishlari boʻlgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. Allotropiya hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 — kislorod, O3 — ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha boʻlishi sabab boʻladi (masalan, oq va kulrang qalay).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |