Alik Saxarov
Alik Saxarov | |
---|---|
Tavalludi |
17-may 1959-yil |
Fuqaroligi | SSSR AQSh |
Kasbi | kinorejissyor, kinooperator |
Faoliyat yillari | 1985– |
Alik Saxarov (inglizcha: Alik Sakharov, 1959-yil 17-may, Toshkent, SSSR) – asli oʻzbek boʻlgan amerikalik kinorejissyor, operator[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alik Saxarov 1959-yil 17-mayda Toshkentda tavallud topgan. U sakkiz yoshida, 1966-yilgi zilziladan soʻng, oilasi Moskvaga koʻchib oʻtgan. Alik maktab yillarida Moskva madaniyat uylaridan birida fotografiya toʻgaragiga qatnashgan. Fotosuratga boʻlgan ishtiyoq bugungi kungacha davom etmoqda. Kinoga boʻlgan qiziqishi Andrey Tarkovskiyning „Koʻzgu“ filmini tomosha qilgandan keyin paydo boʻldi[2].
Alik Saxarov 1991-yilda Gollivud ssenariynavis va rejissyori Jon Raffo uchun operator sifatida oʻzining birinchi „Big and Mean“ qisqa metrajli filmini suratga oldi. 1992-yil uning „Pauza“ qisqa metrajli filmi dunyo yuzini koʻrdi[3]. Alikning oʻzi buni vizual meditatsiya deb ataydi va uni sevimli rejissyori Andrey Tarkovskiyga bagʻishlaydi. Alik Saxarov ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan operatorlar – Aleksandr Dovjenko bilan suratga tushgan sovet operatorlari Daniil Demutskiy va Sergey Urusevskiyni, shuningdek, amerikalik operator Gordon Uillis.
Alik Saxarov 2008-yildan beri rejissyor sifatida ham faoliyat olib borgan. U „Taxtlar oʻyini“ning birinchi mavsumining toʻrtta epizodida kinematograf boʻldi. Soʻng ikkinchi mavsum suratga olish maydonida rejissyor boʻldi va shundan beri oʻzini butunlay rejissyorlikka bagʻishladi[2].
Mukofotlari va nominatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil ASC mukofoti nominatsiyasi („The Sopranos“ teleseriali, „Long Term Parking“ epizodi) sohibi boʻldi[4].
2007-yil „Eng yaxshi kinematograf“ nominatsiyasida Primetime Emmy mukofoti sovrindori („Rim“ teleseriali, „Pasxa“ epizodi) boʻldi[5].
2013-yilda teleserialdagi eng yaxshi rejissyor („Taxtlar oʻyini“ teleseriali) deya OFTA mukofotini qoʻlga kiritdi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Alik Sakharov“. Internet Encyclopedia of Cinematographers. 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „«Я заключил сделку — четыре эпизода оператором в обмен на режиссёрское кресло». Алик Сахаров о том, как он был часовщиком на Колхозной, а стал режиссёром на HBO“. Коммерсантъ (2014-yil 4-aprel). 2019-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-noyabr.
- ↑ „PAUSA (1992) trailer“. Vimeo (2011-yil 19-aprel). 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
- ↑ „Past ASC Awards“. The American Society of Cinematographers. 2012-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
- ↑ „59th Annual Primetime Emmy Awards“. Academy of Television Arts and Sciences (2008-yil 8-sentyabr). 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
- ↑ „2012-13 Online Film & Television Association“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.