Kontent qismiga oʻtish

Ali at-Tabotaboʻiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ali at-Tabotaboʻiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1858-yil (hijriy 1274-yil)
Vafoti milodiy 1947-yil (hijriy 1366-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim, mujtahid va qozi

Ali ibn Husayn ibn Ahmad ibn Rahim at-Tabotaboʻiy at-Tabriziy — olim, mujtahid va qozilardan bo‘lgan. U milodiy 1858-yil (hijriy 1274-yil) zulhijja oyining 13-sanasi Tabrizda tavallud topib, ziyoli xonadonda voyaga ketgan. Baʼzi fozil odamlardan ilm o‘rgangan. Otasi Muso at-Tabriziy va boshqalarning shogirdi bo‘lgan. So‘ngra Najafga ko‘chib ketgan va u yerda masjidda al-Fozil ash-Sharobiyoniy, Muhammad Hasan al-Momaqoniy va boshqalarning huzurida bo‘lib, suhbatlarini olgan.

Ali at-Tabotaboʻiy milodiy 1947-yil (hijriy 1366-yil) rabiulavval oyining 6-sanasi chorshanba kechasi vafot etgan[1].

  • „Tafsiru-l-Qurʼon“ („Qurʼon tafsiri“)
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 39-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.