Alfred Jodl
Alfred Jodl | |
---|---|
nemischa: Alfred Josef Ferdinand Jodl | |
Alfred Jodlning 1940-yilda tushgan surati | |
Oliy Bosh Qoʻmondonlik operativ shtabi boshligʻi | |
Mansab davri 1-sentabr 1939-yil – 13-may 1945-yil | |
Keyingisi | Walter Warlimont |
Oliy Bosh Qoʻmondonlik boshligʻi | |
Mansab davri 13-may 1945-yil – 23-may 1945-yil | |
Oʻtmishdoshi | Wilhelm Keitel |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-may 1890-yil Vyusburg, Bavariya, Germaniya imperiyasi |
Vafoti |
16-oktyabr 1946-yil (56 yoshda) Nyuremberg qamoqxonasi, Nyurnberg, Bavariya, Ittifoqchilar tomonidan bosib olingan Germaniya |
Oʻlim sababi | Qatl qilingan |
Fuqaroligi | →→ |
Millati | nemis |
Turmush oʻrtogʻi |
Irma Gräfin von Bullion[1] (turm. 1913; vaf. 1944) Luise von Benda[2] (turm. 1945) |
Qarindoshlari |
Ferdinand Jodl (ukasi) Fridrix Jodl (amakisi) |
Taʼlim | Myunxendagi harbiy kadet maktabi |
Kasbi | harbiy |
Dini | Rim-katoligi |
Imzosi | |
Mansubligi |
Germaniya imperiyasi Veymar Respublikasi Natsislar Germaniyasi |
Qoʻshin turi |
Germaniya imperiyasi Reyxsver Vermaxt |
Xizmat yillari | 1910-1945 |
Unvoni | General (Generaloberst) |
Mukofotlari |
Germaniya Imperiyasi Natsislar Germaniyasi Chet el mukofotlari |
Janglar |
Birinchi Jahon urushi Ikkinchi Jahon urushi |
Sud | Xalqaro harbiy tribunal |
Jazo | Oʻlim |
Alfred Jozef Ferdinand Jodl (nemischa: [ˈjoːdl̩] ( tinglang); 1890-yil 10-may — 1946-yil 16-oktabr) nemis generalobersti boʻlib, Ikkinchi Jahon urushi davomida Germaniya Qurolli Kuchlari Oliy qoʻmondonligining (nemischa: Oberkommando der Wehrmacht ) Operativ shtab boshligʻi boʻlib ishlagan.
Urushdan keyin Jodl tinchlikka qarshi jinoyatlar sodir etish, bosqinchilik urushlarini rejalashtirish, boshlash va uyushtirish, urush jinoyatlari va ittifoqchilar tomonidan uyushtirilgan Nyurnberg sudida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblangan. Unga qoʻyilgan asosiy ayblovlar uning jinoiy komissar buyruqlarini imzolashi bilan bogʻliq. Barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilib, oʻlimga hukm qilinadi va 1946-yilda Nyurnbergda qatl etiladi.
Yoshligi va martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alfred Jodl Myunxendagi harbiy kadet maktabida tahsil olgan va uni 1910-yilda tugatgan. Uning ukasi Ferdinand Jodl ham Armiya generali boʻlgan. Vena universitetida ishlovchi faylasuf va psixolog Fridrix Jodl uning amakisi edi[3]. Jodl Rim-katoligi boʻlib tarbiyalangan, ammo keyinchalik hayotda bu eʼtiqodni rad etgan.
1914-yildan 1916-yilgacha u Gʻarbiy frontning battareya boʻlimida xizmat qildi. 1914-yil noyabr oyida jangda yarador boʻldi koʻrsatgan jasorati uchun 2-darajali Temir xoch ordeni bilan taqdirlandi. Sharqiy frontda ham qisqa muddat xizmat qilgach, 1917-yilda shtab-ofitser sifatida Gʻarbga qaytidi. 1918-yilda u jangda koʻrsatgan jasorati uchun 1-darajali Temir xochni ordeni bilan taqdirlandi. 1918-yilda Germaniya imperiyasi magʻlubiyatga uchragach, u oʻz faoliyatini Germaniya armiyasida (Reyxsver) professional askar sifatida davom ettirdi[4]. Jodl ikki marta uylanadi: 1913-yilda va (beva qolgandan keyin) 1944-yilda[4].
Ikkinchi jahon urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jodl Veymar Respublikasining soʻnggi yillarida Armiya Oliy qoʻmondonligida Truppenamtning operatsiyalar boʻlimiga mayor etib tayinlandi va general Lyudvig Bek qoʻmondonligi ostida xizmat qildi. 1939-yil sentabrida Jodl ilk bor Adolf Gitler bilan uchrashdi. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishida Jodl nominal ravishda Anshlyusdan keyin 1938-yil oktabridan 1939-yil avgustigacha 44-diviziya qoʻmondoni etib tayinlangan.
U Gitler tomonidan 1939-yil 23-avgustda Germaniyaning Polshaga bostirib kirishidan oldin yangi tashkil etilgan Oliy Bosh Qoʻmondonligida (nemischa: Oberkommando der Wehrmacht (OKW) ) operativ shtab boshligʻi etib tayinladi[5]. Jodl Daniya va Norvegiyaga bostirib kirish paytida shtab boshligʻi sifatida ishlagan. Fransiya qulagandan soʻng, Jodl Germaniyaning Britaniya ustidan erishgan muvaffaqiyatiga optimistik munosabatda boʻlib, 1940-yil 30-iyunda „Germaniyaning Angliya ustidan soʻnggi gʻalabasi endi faqat vaqt masalasidir“ deb yozgan edi[6].
Jodl 1941-yil 6-iyundagi Komissar buyrugʻi (unga asosan Sovet siyosiy komissarlari otib tashlanishi shart edi) va 1942-yil 28-oktabrdagi Komando buyrugʻini (bunda Ittifoqdosh komandirlari, shu jumladan, forma kiygan askarlar, shuningdek, fuqaro kiyimi kiygan jangchilar, masalan, Maquis va partizanlar, agar nemislar hududida qoʻlga olinsa, darhol sudsiz qatl etilishi kerak edi) imzolaydi.
Jodl urushning katta qismini Gitlerning Sharqiy Prussiyadagi oldingi qoʻmondonlik punkti boʻlgan Boʻrilar uyida oʻtkazdi. 1944-yil 1-fevralda unga generaloberst (general-polkovnik) unvoni berildi. U 1944-yilning 20-iyulida Gitlerga qarshi uyushtirlgan suiqasd paytida yengil yaralangan edi, yaʼni portlash paytida uning miyasi chayqalgan edi[7].
Jodl 1945-yil 30-aprelda Germaniya qurolli kuchlari boshligʻi sifatida Gitlerning oʻrnini egallagan. 1945-yil 6-mayda Grossadmiral Karl Dönitz tomonidan Temir xochning ritsar xochi medali bilan taqdirlandi[8].
Jodl 1945-yil 7-mayda Reymsda OKW nomidan Germaniyaning taslim boʻlish toʻgʻrisidagi hujjatini imzoladi[9][10]. Barcha ittifoqchilarga taslim boʻlish 8-may kuni Berlinda yakunlandi. 13-mayda generalfeldmarshall Vilgelm Keytel hibsga olinganidan soʻng Jodl uning oʻrniga OKW boshligʻi etib tayinlandi[11].
Sud va hukm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jodl 1945-yil 23-mayda Britaniya qoʻshinlari tomonidan Donitsning Flensburg hukumatining qolgan aʼzolari bilan birga hibsga olindi va Ashkan lageriga koʻchirildi va keyinchalik Nyurnberg sudida Xalqaro harbiy tribunalga topshirildi. U tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish uchun fitna uyushtirish, tajovuzkor urushlar, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarni rejalashtirish, boshlash va olib borishda ayblangan. Unga qoʻyilgan asosiy ayblovlar uning qoʻmondonlik farmonlari va komissar buyruqlarini imzolaganligi bilan bogʻliq boʻlib, ikkala buyruqda harbiy asirlarning maʼlum toifalari asirga olingandan keyin qatl etilishini buyurgan. 1941-yilda sovet asirlarining ommaviy otib tashlanganida, Jodl otib oʻldirilgan yagona mahbuslar „yura olmaydiganlar emas, balki yurishni istamaganlar“ ekanligini aytadi[12].
Uning sud jarayonidagi qoʻshimcha ayblovlar qatoriga noqonuniy deportatsiya va qatl qilishga daʼvat etish ham kiradi. Dalil sifatida uning Daniya fuqarolarini, shu jumladan yahudiylarni natsistlar kontslagerlariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlardagi imzosi keltirildi. Garchi u rejimning ushbu faoliyatidagi rolini inkor etgan boʻlsa-da, sud oʻrgangan dalillarga asoslanib, uning aybdorligini tasdiqladi. Biroq bu hukmga fransuz sudyasi Anri Donnedi de Vabresning qarshi chiqdi.
Uning rafiqasi Luiza erining himoya qiluvchi jamoasiga qoʻshildi[13]. Keyinchalik, Gitta Sereniy bilan suhbatda, uning Albert Speerning tarjimai holini oʻrganar ekan, Luise koʻp hollarda Ittifoq prokuraturasi Jodlga qarshi qoʻyilgan ayblovlarga asos boʻlgan dalillarni advakatlarga berishdan bosh torganini daʼvo qildi. Shunday boʻlsa-da, Jodl unga qarshi qoʻyilgan baʼzi ayblovlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini isbotladi, masalan, 1933-yilda Gitlerga Germaniya ustidan nazoratni qoʻlga kiritishda yordam bergan degan ayblov bunga misl boʻla oladi[14].
Jodl „Xudo, tarix va oʻz xalqi oldida“ aybdor emasligini aytdi. Toʻrtta ayblov boʻyicha aybdor deb topilib, 1946-yil 16-oktyabrda Nyurnberg qamoqxonasida osib oʻldirildi[15]. Xabar qilinishicha, Jodlning soʻnggi soʻzlari «grüße Dich, mein ewiges Deutschland» — „Sizga salom aytaman, mening abadiy Germaniyam“ edi[16].
U boshqa toʻqqizta qatl etilgan odam va Hermann Goring (u rejalashtirilgan qatl qilinishidan oldin oʻz joniga qasd qilgan) kabi Ostfridxofda kuydirilgan va uning hoki Isar daryosining kichik irmogʻi boʻlgan Ventsbaxga sochilgan[17][18][19]. Keyinchalik Bavariyadagi Frauenchiemseedagi oilaviy qabrga uni xotirasi uchun xoch qoʻyildi. 2018-yilda mahalliy kengash xochni olib tashlashni buyurdi[20]. Ammo, 2019-yil mart oyida Myunxen sudi Jodlning qarindoshlarining oila qabrini saqlash huquqini tasdiqladi, shu bilan birga oila uning ismini olib tashlashga tayyorligini taʼkidladi[21][22].
Oʻlimdan keyingi sud
[tahrir | manbasini tahrirlash]1953-yil 28-fevralda uning bevasi Luiza oʻz nafaqasi va mulkini qaytarib olish uchun sudga berganidan soʻng, Gʻarbiy Germaniyaning denasifikatsiya boʻyicha sudi Anri Donnedye de Vabresning 1949-yilda Jodlga chiqarilgan qarorini maʼqullamaganiga asoslanib, hozirda vafot etgan Jodlni xalqaro huquqni buzganlikda aybdor emas deb eʼlon qildi[23][24].
Ushbu aybsiz deklaratsiya AQShning bildirgan eʼtirozlaridan keyin 1953-yil 3-sentabrda Bavariya siyosiy ozodlik vaziri tomonidan bekor qilindi. Biroq, bu oqlovning Jodlning mulki bilan bogʻliq qismi saqlanib qoldi[25].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Temir xoch (1914) 2-sinf (1914-yil 20-noyabr) va 1-sinf (1918-yil 3-may)[26]
- Temir xochga bogʻlanish (1939) 2-sinf (1939-yil 30-sentyabr) va 1-sinf (1939-yil 23-dekabr)[26]
- Eman bargli temir xochning kavaleri
- Oltin partiya belgisi NSDAP
- „Jarohat uchun“ koʻkrak nishoni, qora
- Urush faxriylarining faxriy xochi (1934-yil)
- „Vermaxtdagi xizmatlari uchun“ medali 1-sinf
- „1938-yil 13-mart xotirasiga“ medali (1938-yil)
- „1938-yil 1-oktyabr xotirasiga“ medali (1938-yil)
- Temir xoch toʻqasi 2-sinf (30-sentyabr 1939-yil)
- Temir xoch toʻqasi 1-sinf (23-dekabr 1939-yil)
- „Jarohat uchun“ koʻkrak nishoni, oltin (1944-yil 20-iyul)
- Ozodlik xochining fin ordeni, qilich va eman barglari bilan 1-sinf xochi
- Ruminiyaning Jasur Mixay ordeni 2-sinf
- Ruminiyaning Yulduzlar ordeni, katta xoch (1941-yil 14-oktyabr)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tofahrn 2008, ss. 129–130.
- ↑ O'Keeffe 2013, s. 172.
- ↑ Jodl 1946.
- ↑ 4,0 4,1 Görlitz 1989.
- ↑ Encyclopedia Britannica.
- ↑ Shirer 1990.
- ↑ Spartacus Educational.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Scherzer 2007.
- ↑ Shepherd 2016.
- ↑ Kershaw, Ian (2012). The End; Germany 1944-45. Penguin. p. 370
- ↑ „After the Battle: The Flensburg Government“. Battle of Britain International Ltd. (2005). Qaraldi: 2-may 2021-yil.
- ↑ Crowe 2013.
- ↑ tercer-reich.com 2011.
- ↑ Sereny 1995.
- ↑ UMKC.
- ↑ Maser 2005.
- ↑ Darnstädt 2005.
- ↑ Manvell & Fraenkel 2011.
- ↑ Overy 2001.
- ↑ Passauer Neue Pressee 2018.
- ↑ Der Spiegel 2019.
- ↑ Bayerische Staatkanzlei 2019.
- ↑ Buchheim & Futselaar 2014.
- ↑ Davidson 1997.
- ↑ Scheurig 1997.
- ↑ 26,0 26,1 Thomas 1997.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alfred Jodl — Qoʻshma Shtatlar Xolokost memorial muzeyi
- 20 Alfred Jodl Newspaper clippings about Alfred Jodl