Kontent qismiga oʻtish

Alforsit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alforsit
Fizik xususiyatlari
Rangi Rangsiz
Qirra rangi oq
Yaltiroqlik shishasimon
Shaffoflik yarim shaffof
Qattiqlik 5
Sinishi moʻrt
Zichligi 4,73—4,80 g/sm³ g/sm³
singoniyasi Rombik (planaksiyal)
Alforsit minerallining kristall koʻrinishi

Alforsit- bariy fosfat xlorid minerali. Bu mineral 1981-yilda kashf etilgan va Kaliforniya geologik tashkilotining geologi Jon T. Alfors (1930-2005) sharafiga nomlangan. Alforsit fosfatlar va apatit guruhidagi olti burchakli, rangsiz kristall shaklida uchraydigan mineraldir. Mineral Kaliforniyaning markaziy qismlarida, birinchi navbatda Fresno, Mariposa va Tulare okruglarida koʻp tarqalgan va Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatida ham topilgan. Alforsit apatit minerallari guruhiga kiradi . U olti burchakli kristall tizimda 6/m nuqta guruhi va P63 /m fazoviy guruhiga mos kristallanadi. U rangsiz donachalar shaklida uchraydi, ularni ftorapatitdan ajratish qiyin, chunki ularning ikkalasi ham past sinish koʻrsatgichiga va yuqori relyefga ega[1].

Alforsitning ideal kimyoviy formulasi Ba5(PO3)4Cl. Alfrosit tarkibini kimyoviy tahlil qilishda Ortex digitayzeri va elektron mikraskopdan foydalanishgan. Stronsiyanit va florapatit ular tarkibidagi elementlar uchun standart sifatida ishlatilganv[1].

Geologik joylashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineral Kaliforniyaning Fresno va Mariposa okruglarida granodiorit intruziyalari yaqinida joylashgan sanbornit metachoʻkindi jinslari yotqiziqlarida kristallangan holda topilgan. Jon T. Alforsning hamkasblari mineralni uning sharafiga sanborit konlarining noyob bariy minerallari bilan ishlagani uchun nomlashgan. Alforsit birinchi marta Big Creek] hududidan olingan namunalarda topilgan. Big Creekdagi namunadan tayyorlangan shlifni elektron mikroskopda tahlil qilinganda oddiy apatitga oʻxshash yangi mineralni aniqladi. Noyob bariy minerallari asosan silikatlar Kaliforniyaning sharqiy Fresno va Mariposa okruglaridagi sanborit konlarida topilishi mumkin. Alforsit granodiyorit intruziyalaridan bir necha yuz metr masofada joylashgan metamorfik sanboritli kvartslarda va qatlamli kvartsitlarda uchraydi. Vitiret-sanborit-kvarts 500 °C dan 600 °C gacha boʻlgan harorat va 1-3 kbar bosmda barqaror boʻladi.

Maxsus xususiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sintetik alforsit ekologik ahamiyatga ega, chunki u qoʻrgʻoshin zaharliligining zararli taʼsirisiz qoʻrgʻoshin bilan ifloslanishni oldini olish uchun ishlatiladi. Shu sababli tuproqdagi metallni qayta ishlash bilan shugʻullanish mumkin. Sintetik alforsit laboratoriyada tayyorlanadi va ifloslangan tuproq hosil qilish uchun tuproq bilan aralashtiriladi, soʻngra tuz va ammoniy digidrogen fosfat aralashmasi bilan ishlov beriladi va ikki hafta davomida toʻqqiz pH darajasida saqlanadi[2].

Fizik xususiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alforsit diametri 0,05 mm dan kam boʻlgan rangsiz, mayda gipidiamorf donalar shaklida uchraydi. Ammo kamdan-kam hollarda u diametri 0,2 mm gacha kristallanishi mumkin. Silikatlar va sulfatlar kabi turli guruhlarga mansub minerallar apatitning struktur tuzilishini namoyish etadi[3]. Bu muammo va chalkashliklarga olib kelishi mumkin, chunki alforsit boshqa bariy silikatlariga deyarli oʻxshaydi, bu uning guruhining yunoncha nomi, apatao, yaʼni „men adashyapman“ degan maʼnoni anglatadi. Alforsitni boshqa bariy minerallaridan farqlashning yagona yoʻli mikrokimyoviy tahlildir (Walstrom va Leising, 2005), bariy xlorapatit. Alforsit past ikki sinuvchanlikka ega va yupqa kesmada ftorapatitga oʻxshash yuqori relyefga ega. Qizil-binafsha rangli katodolyuminesans yupqa kesmada paydo boʻlib, xlor, fosfor va bariyning asosiy darajasini koʻrsatadi. Alforsitni elektron mikroprob tahlili yoki luminoskopning 10-15 kV elektron nurida qizgʻin binafsha rang floresansi orqali aniqlash mumkin.

  1. 1,0 1,1 Hata, M.; F. Marumo; S. Iwai; H. Aoki. Structure of barium chlorapatite. Acta Crystallogr, 1979 — 2382–2384-bet. 
  2. Harle, D. H.; Leber, A. P.; Hess, R. K.; Yoder, H. C.. A Concept- Based Environmental Project for the First- Year Laboratory: Remidiation of Barium-Contaminated Soil by In Situ Immobilization. Journal of Chemical Education, 2003 — 561–562-bet. 
  3. Pasero, M.; Kampf, R. A.; Erraris, C.; Pekov, V. I.; Rakovan, J.. Nomenclature of the apatite supergroup minerals. European Journal of Mineralogy, 2010 — 163–179-bet.