Apatit
Apatit (yun. apatao – aldayman) – fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyoviy elementlari, U, Sr va boshqa Oq, zangori, sariq, binafsha rang va boshqa rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab apatit ftorapatit, gidroksilapatit va xlorapatitga boʻlinadi. Apatit magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yoʻl bilan hosil boʻladi. Baʼzan apatit kvars yertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Choʻkindi jinslarda apatit guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar shaklida uchraydi. Apatit oʻgʻit, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xomashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Kamyob yer elementlari qoʻshilgan sintetik apatit optikada qoʻllanadi. Oʻzbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi apatitdir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |