Alex (futbolchi)
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alex Rodrigo Dias da Costa[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-iyun 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Niterói, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2001 | Juventus (SP) | ||
2002 | Santos | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002-2004 | Santos | 78 | (14) |
2004-2012 | Chelsea | 86 | (7) |
2004-2007 | → PSV (ijara) | 84 | (11) |
2012-2014 | PSG | 70 | (6) |
2014-2016 | A.C. Milan | 46 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2003-2004 | Braziliya U23 | 13 | (2) |
2002-2011 | Braziliya | 17 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Alex Rodrigo Dias da Costa (1982-yil 17-iyun, Braziliya) Alex ismi bilan tanilgan markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq braziliyalik futbolchi. U oʻzining jismoniy kuchi va zarbasi bilan tanilgan himoyachi boʻlib, yaqinlari uni „Tank“[2] va Canhao da Vila („Vila Belmiro toʻpi“) laqablari bilan chaqirishgan[3].
2004-yilda Premer-liganing Chelsea klubi tomonidan sotib olingan Alex Gollandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berildi va ular bilan 3 marotaba Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritdi. U PSVdagi uch yillik faoliyatidan soʻng 2007-yilning yozida „Chelsea“ klubi tarkibiga kelib qoʻshiladi[4]. Chelseadagi faoliyati davomida u 2009-yilda Angliya kubogi va 2010-yilda liga va Angliya kubogi dublini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar borishga erishdi. U 2012-yilning yanvarida 4,2 million funt sterling evaziga PSG tarkibiga kelib qoʻshiladi va klub bilan ikki marta Liga 1 gʻolibligini qoʻlga kiritadi. 2014-yilda amaldagi shartnoma tugaganidan soʻng Italiyaning Milan jamoasiga qoʻshiladi va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlaydi.
Alex 2003- va 2008-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasi safida 17 ta oʻyin oʻtkazadi. Ushbu yillar davomida futbolchi jamoa bilan birgalikda 2007-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqdi va 2003 yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]AC Milanda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 5-iyunida PSG bilan shartnomasi tugagach, Alex „Milan“ klubi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi[5]. U 31-avgust kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi dasylabki uchrashuvida oʻz debyut amalga oshirdi. Ushbu oʻyinda uning jamoasi oʻz maydonida "Latsio" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[6]. Himoyachi ilk golini 2015-yilning 17-mayida Sassuologa qarshi oʻyinda (3:2)da kiritgan. 2016-yil 31-yanvarda Madonnina derbisida Alex boshi bilan gol kiritadi[7].
U 2016-yilning 25-may kuni klub xoʻjayini Silvio Berlusconi, shuningdek, Philippe Mexès, Kevin-Prince Boateng va Mario Balotelli bilan birga jamoani tark etishini eʼlon qildi[8]. 2016-yilning dekabr oyida Alex futbolchi sifatida faoliyatini yakunladi[9].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga oʻyinlar | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Santos | 2002[10] | Série A | 25 | 3 | 25 | 3 | ||||||||
2003 | Série A | 40 | 10 | 40 | 10 | |||||||||
2004 | Série A | 13 | 1 | 13 | 1 | |||||||||
Umumiy | 78 | 14 | 78 | 14 | ||||||||||
PSV (ijarada) | 2004-05 | Eredivisie | 27 | 3 | — | 13 | 2 | 40 | 5 | |||||
2005-06 | Eredivisie | 28 | 2 | — | 7 | 0 | 35 | 2 | ||||||
2006-07 | Eredivisie | 29 | 6 | — | 8 | 2 | 37 | 8 | ||||||
Umumiy | 84 | 11 | — | 28 | 4 | 112 | 15 | |||||||
Chelsea | 2007-08[11] | Premier Liga | 28 | 2 | 2 | 0 | 3 | 0 | 6 | 1 | — | 39 | 3 | |
2008-09[12] | Premier League | 24 | 2 | 6 | 1 | 2 | 0 | 9 | 1 | — | 41 | 4 | ||
2009-10[13] | Premier League | 16 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 25 | 1 | |
2010-11[14] | Premier League | 15 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 20 | 2 | ||
2011-12[15] | Premier League | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3{ | 0 | — | 9 | 0 | ||
Umumiy | 86 | 7 | 14 | 1 | 10 | 0 | 24 | 3 | 0 | 0 | 134 | 11 | ||
Paris Saint-Germain | 2011-12[16] | Ligue 1 | 15 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 16 | 2 | ||
2012-13 | Ligue 1 | 24 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 9 | 2 | — | 34 | 3 | ||
2013-14 | Ligue 1 | 31 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 1 | 1 | 42 | 3 | |
Umumiy | 70 | 6 | 3 | 0 | 2 | 0 | 16 | 2 | 1 | 1 | 92 | 9 | ||
A.C. Milan | 2014-15 | Serie A | 21 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | 23 | 1 | |||
2015-16 | Serie A | 25 | 3 | 0 | 0 | — | — | — | 25 | 3 | ||||
Umumiy | 46 | 4 | 2 | 0 | — | — | — | 48 | 4 | |||||
Umumiy faoliyati | 364 | 42 | 19 | 1 | 12 | 0 | 68 | 9 | 2 | 1 | 465 | 53 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Comunicato Ufficiale N. 210“ [Official Press Release No. 210] (it). Lega Serie A (2016-yil 22-aprel). 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „De Tank rolt naar Chelsea“ (nl). DePers.nl (2007-yil 16-iyul). 2007-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Central Alex chega a custo zero para reforçar o F. C. Porto Leia mais: Central Alex chega a custo zero para reforçar o F. C. Porto [Cente-back Alex joins FC Porto for free“] (pt). Jornal de Notícias. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
- ↑ „Chelsea target Alex earns permit“. BBC Sport (2007-yil 2-avgust). Qaraldi: 2007-yil 2-avgust.
- ↑ „Brazilian defender Alex leaves PSG for A.C. Milan“. Eurosport (2014-yil 5-iyun). Qaraldi: 2020-yil 21-sentyabr.
- ↑ „A.C. Milan 3-1 Lazio: Inzaghi era starts with a bang“. Goal.com (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
- ↑ „milan-v-internazionale-serie-a-live“. The Guardian (2016-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
- ↑ „A.C. Milan departures“. football-italia.com (2016-yil 17-iyun). Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
- ↑ „Velho alvo do Santos no mercado, zagueiro Alex decide se aposentar [Former Santos target Alex has decided to retire“]. Globo Esporte. Qaraldi: 2016-yil 18-dekabr.
- ↑ „A.C. Milan profile“. A.C. Milan. 2015-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „Games played by Alex in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „Games played by Alex in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „Games played by Alex in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „Games played by Alex in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „Games played by Alex in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „Soccerway profile“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.