Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Petrushin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Petrushin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksei Alekseyevich Petrushin
Tavallud sanasi 29-yanvar 1952-yil (1952-01-29) (72 yosh)
Tavallud joyi Lyubertsi, RSFSR
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1961—1965 ODO Lyubertsy
1966—1968 Torpedo Lyubertsy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1969 Torpedo Lyubertsy
1970—1981 Dinamo Moskva 244 (21)
1981—1984 Pakhtakor Toshkent 78 (2)
1985 Kuban Krasnodar 6 (0)
Boshqargan klublari
1985 Shahrihanets Shahrixon (yordamchi)
1986—1987 Paxtakor Andijon (yordamchi)
1990 Paxtakor Andijon
1991 Prometey Lyubertsy
1992 Dynamo-Gazovik Tyumen (assistant)
1992 Dynamo-Gazovik Tyumen
1993—1994 Arsenal Tula
1995 Spartak Shchyolkovo
1996—1998 Dynamo-2 Moscow (yordamchi)
1998 Dinamo Moskva (yordamchi)
1999 Dinamo Moskva
2001 Khimki
2003 Lukoil Chelyabinsk
2004—2005 Qayrat
2006 Dinamo Minsk
2007 Metallurg Lipetsk
2008 Lukhovitsy
2009—2010 Sokol Saratov
2011—2012 Chelyabinsk
2014—2015 Spartak Semey
2017—2018 Ordabasi
2020 Aktobe
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksey Alekseevich Petrushin (ruscha: Петрушин, Алексей Алексеевич; 29-yanvar 1952-yil Moskva viloyati SSSR) – sovet futbolchisi, sovet va rus futbol murabbiyi. SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi (1979). Yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksey ODO va „Torpedo“ (Lyubertsi) bolalar jamoalari tarbiyalanuvchisi hisoblanib, Torpedo jamoasida professional faoliyatini boshlagan. Birinchi murabbiy I. F. Baykov.

Petrushin1972-yil 3-iyunda Moskavaning „Dinamo“ klubi asosiy tarkibida debyut qilgan. Aleksey „Dinamo“ jamoasi safida jami 305 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlib (SSSR chempionatlarida 244 ta oʻyin oʻtkazgan holda, mamlakat kubogida 42 ta va yevrokuboklarda 19 ta), 24 ta gol urgan.

Moskvaning „Dinamo“ jamoasidan soʻng keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ va Krasnodarning „Kuban“ klublarida oʻynagan

Samarali va tirishqoq, u barcha oʻyin harakatlarini yuqori tezlikda bajardi, sheriklar bilan birga oʻynashda foydali boʻldi, oʻyin intizomiga qatʼiy rioya qildi.

— „100 yil davomida rus futboli“ entsiklopediyasi. 1997-yil oktyabr[1]

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksey 1985-yil Oʻzbekistonda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Shahrixonning „Shaxrixonets“, Andijonning „Paxtakor“ jamoalarida yordamchi murabbiy boʻlgan. 1990-yilda Sovet Ittifoqi Oliy murabbiylar maktabini tamomlagan. Shundan soʻng „Prometey“ (Lyubertsi), „Dinamo-Gazovik“ (Tyumen), „Arsenal“ (Tula), „Spartak“ (Shchelkovo), „Dinamo“ (Moskva), „Shinnik“ (Yaroslavl), Ximki (Moskva), Lukoyl (Chelyabinsk), Qayrat (Olma-Ota), Metallurg (Lipetsk), Luxovitsi jamoalariga murabbiylik qilgan.

2010-yilda Aleksey Sokol Saratov jamoasini boshqargan. 2011—2012-yillarda „Chelyabinsk FK“ jamoasini boshqargan. 2014-yilning 19-mayidan Petrushin Semipalatinskning „Spartak“ jamoasi rahbariyati bilan kelishuvga erishgan va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2015-yilgi mavsum oxirida Aleksey „Spartak“ jamoasini tark etgan.

2017-yilning fevral oyida u Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[2]. Jamoa Aleksey qoʻl ostida mavsumda ilk bor Qozogʻiston chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. 2018-yilning yanvarida klub prezidenti Baxtiyar Bayseyitov[3] ketganidan keyin[4] klubni tark etgan.

Futbolchilik yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1976-yilgi SSSR chempioni
  • 1977-yilgi SSSR kubogi gʻolibi
  • 1979-yilgi SSSR kubogi finalchisi
  • SSSR chempionatlarining bronza medali sovrindori 1973, 1975
  • 1979-yilda Moskva jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi chempioni
  • 1977-yilgi mavsum kubogi sohibi

Murabbiylik yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Uchinchi liga 3-zonasi gʻolibi: 1996, 1997.
  • Belarus chempionatining kumush medali sovrindori: 2006.
  1. Российский футбол за 100 лет: — М.: Грэгори Пэйдж, 1997. — 417 с. — ISBN 5-900493-70-9
  2. „Алексей Петрушин назначен главным тренером ФК «Ордабасы»“. 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  3. „«Особая ситуация». Российский тренер рассказал о трудностях работы в КПЛ“. 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  4. „«Ордабасы» остался без главного тренера“. 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.