Aleksey Negmatov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksey Negmatov | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Tojikiston, SSSR | ||
Boʻyi | 1.72 m (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Vazni | 72 kg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2012 | Vaxsh Qoʻrgʻontepa | ||
2012–2013 | Regar-TadAZ | ||
2014– | FK Daleron-Uroteppa | ||
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004–2013 | Tojikiston | 18 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2015-yil 22-oktyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 22-oktyabr uchun) |
Aleksey Negmatov (tojikcha: Алексей Негматов; 1986-yil 4-yanvar, Tojikiston) – tojik futbolchisi, markaziy va qanot himoyachisi. Futbol boʻyicha Tojikiston terma jamoasi aʼzosi, Tojikiston Respublikasi sport ustasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksey Negmatov 1986-yilning 4-yanvarida Tojikiston Respublikasida tavallud topgan.
Negmatov bolaligidan futbol bilan muntazam shugʻullana boshlagan. 200-yildan boshlab Tojikiston milliy terma jamoasi safida toʻp suradi.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksey Negmatov 2006-yildan 2010-yilga qadar, asosan, Tojikistonning "Vaxsh", Qoʻrgʻontepaning „Tojiktelekom“ hamda Oʻzbekistonning „Andijon“ klublarida faoliyat olib borgan.
Negmatov 2011—2012-yillarda "Regar-TadAZ" terma jamoasi safini himoya qilgan, biroq 2013-yilning mart oyiga kelib, ushbu jamoani tark etadi[1] va Koʻlobning „Ravshan“ klubi nomidan oʻyinlarda maydonga tusha boshlaydi. Ushbu klub tarkibida Negmatov 2013-yilda Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritadi.
2014-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Negmatov Tojikiston Oliy ligasida endigina oʻyinlarini boshlayotgan „Daleron-Oʻroteppa“ jamoasi safiga qoʻshiladi va ushbu klub safida ham bir qancha yutuqlarga erishishga muvaffaq boʻladi[2].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksey Negmatov futboldagi faoliyati davomida Tojikistonning ikki karra chempionligini qoʻlga kiritgan, shuningdek, uch karra Tojikiston kubogi sohibiga aylangan.
2004-yilda Tojikiston milliy terma jamoasi safida Negmatov oʻzining debyut oʻyinlarini olib borgan, oradan ikki yil oʻtgach, 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi gʻolibiga aylangan. Shuningdek, terma jamoa safida Negmatov xalqaro musobaqalarda ham maydonga tushirilgan boʻlib, oʻzining milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini 2012-yilda Filippinga qarshi kechgan bahsda oʻtkazgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Далер Тухтасунов, Алексей Негматов и Джамшед Исмоилов ушли из «Регар-ТадАЗа»“. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-sentyabr.
- ↑ „«Регар-ТадАЗ», «Вахш» и «Парвоз» подали заявки на участие в чемпионате Таджикистана“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aleksey Negmatov National-Football-Teams.com saytida
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Tojikistonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Tojikistonlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- Andijon klubi futbolchilari
- FC Khatlon futbolchilari
- Tojiktelekom klubi futbolchilari
- Regar-TadAZ klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- Ravshan Koʻlob futbolchilari
- FK Daleron-Uroteppa futbolchilari
- Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari