Aleksandrit
Qiyofa
Aleksandrit — mineral, tarkibida xrom boʻlgan xrizoberill turlaridan biri. Kimyoviy formulasi A12Ve04, qattiqligi 8,5. S. ogʻirligi 3,7 ga yaqin. Tabiiy yorugʻlikda rangi zumrad yashil, chiroqda binafsharang qizil boʻladi. Massasi 2-3 karatdan ortiq boʻlgan toʻq rangli shaffof kristallari 1-klass qimmatbaho tosh hisoblanadi. Yuqori temperaturada pegmatit yertomirlarda hosil boʻladi. Tabiatda koʻpincha berill, fenakit, rutil, flyuorit, apatit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Sunʼiy yoʻl bilan olingan och yashil korund sintetik aleksandrit deb ataladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |