Aleksandr Udalov
Aleksandr Udalov | |
---|---|
Tavalludi | 20-sentyabr 1914 |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Aleksandr Andreyevich Udalov [1914.21.9, Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri)] — Rus yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1974). 1920-yildan boshlab Toshkentda yashagan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1943—1946). "Literaturniy Uzbekistan" (1937 — 1940), "Zvezda Vostoka" (196065; 196769; 197185) jurnallarida hamda "Komsomolets Uzbekistana" (1941—43) gazetasida bosh muharrir, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953—1956), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1956—1975). "Vatan urushi yillarida bolalar" turkum hikoyalari (1941) va "Marina" qissasini (1940) yozgan. Qissa va hikoyalar toʻplamida ("Oʻrmonlarda", 1943—49; "Jonim bilan", 1947—1948; "Zamondoshlarim", 1950; "Yoz kunlarining birida", 1957; "Qizlar", 1961; "Koʻk togʻlarda", 1981 va boshqalar) urush fojialari tasvirlangan. "Sabr kosasi" dilogiyasi ("Sabr kosasi" nomli 1-kitob, 1964; "Muhabbat mangu", 2-kitob, 1973) Turkiston tarixi va xalqlar doʻstligi haqida. "Vatan oʻgʻloni" (1982), "Turmushimiz kunlari" romanlari (1989) muallifi. P.Muxamadyorova va Hakim Nazirning qissa va hikoyalarini rus tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1983).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Birinchi qor [qissa]. T., 1958; Sabr kosasi [roman], T., 1965; Izbr. proizvedeniya, t. 1—2, T., 1989; Otkrivateli mira [povesti, rasskazi], T., 1990.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |