Aleksandr Shadrin
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 4-sentyabr 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Muborak, SSSR | ||
Vafot sanasi |
21-iyun 2014-yil (25 yoshda) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2011 | Mashʼal | 19 | (1) |
2011 | Navbahor Namangan | 19 | (4) |
2012—2014 | Lokomotiv Toshkent | 37 | (7) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011—2014 | Oʻzbekiston | 4 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2014-yil 23-iyun uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 23-iyun uchun) |
Aleksandr Vyacheslavovich Shadrin (1988-yil 4-sentyabr, Muborak, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2014 -yil 21-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) – rus millatiga mansub oʻzbek futbolchisi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Shadrin professional faoliyatini 2006-yilda „ Mash’al“ jamoasi tarkibida boshlagan. Shadrin „Gasoviks“ tarkibida oraliqda uch mavsum oʻynagan va shu vaqt ichida u 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2011-yilning bahorida u Namanganning "Navbahor" klubiga oʻtgan va mavsum davomida oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urgan. Shadrinning „Navbahor“dagi oʻyini chogʻida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari, xususan, Vadim Abramov eʼtiborini unga qaratgan.
2012-yil boshida Aleksandr Shadrin Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzolagan. Bu uning faoliyatidagi soʻnggi klubi boʻlgan. „Lokomotiv“ tarkibida u ikki yarim mavsumda oʻttiz yettita oʻyinda maydonga tushib, yettita gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 1-iyun kuni Aleksandr Shadrin futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2012-yilning 29-fevral kuni terma jamoadagi soʻnggi oʻyinida 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bahsida Yaponiya terma jamoasi darvozasiga birinchi va soʻnggi golini kiritib, Oʻzbekiston terma jamoasiga Yaponiya termasi ustidan muhim gʻalabani olib kelgan. Umuman olganda, Aleksandr Shadrin terma jamoa safida toʻrtta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2012-02-29 | Toyota stadioni Yaponiya | ![]() |
0-1 | 0-1 | 2014 FIFA jahon chempionati saralashi |
Oʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 21-iyundan 22-iyunga oʻtar kechasi Aleksandr Shadrin Toshkentdagi klinikalardan birida vafot etgan[1]. Maʼlumotlarga koʻra, oʻlimga oshqozon yarasi yoki pankreatit sabab boʻlgan[2][3].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ушел из жизни Александр Шадрин - SPORTS.uz“. 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-yanvar.
- ↑ „Novosti Uzbekistana — Umer igrok „Lokomotiva“ Aleksandr Shadrin“. 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
- ↑ „Скончался нападающий сборной Узбекистана и столичного Локомотива Александр Шадрин — Новости Зарубежного футбола — Футбол — Спорт Mail.Ru“. 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-yanvar.
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Muborakda tugʻilganlar
- 21-iyunda vafot etganlar
- 2014-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Navbahor futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari