Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Koshits

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Koshits
Tavalludi 31 avgust (12-sentyabr) 1875
Vafoti 21-sentyabr 1944
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Ukrainian People's Republic, Ukrainian State va Kanada

Aleksandr Antonovich Koshits (1875-yil 31-avgust, Romashki qishlogʻi, Kiyev viloyati, Rossiya imperiyasi – 194-yil 21-sentyabr, Vinnipeg, Manitoba, Kanada) – ukrainalik xor dirijyori, bastakor, folklorshunos va oʻqituvchi.

1875-yil 31-avgustda (12-sentyabr) Rossiyaning Kiyev viloyati, hozirgi Kiyev viloyatining Mironovskiy tumani tarkibiga kiruvchi Romashki qishlogʻida ruhoniy oilasida tugʻilgan. Ota-onasi: Anton Ignatievich Poray-Koshits (1830-y., 1898-y.) va Yevdokiya Mixaylovna Mayakovskaya (1836-y., 1911-y.). Oʻgʻli – Dmitriy Aleksandrovich Koshits.

Kiyev diniy akademiyasini tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, isteʼmol bilan kasal boʻlib qolgan va ukasi Fyodor hamda opa-singillari tomonidan yigʻilgan pul bilan Qrimning janubiy qirgʻogʻiga davolanish uchun ketib, bu yerda 1902-yil fevraldan aprelgacha davolangan. Sogʻligʻini tiklab, Stavropol va Tiflisdagi taʼlim muassasalarida xor qoʻshiqlari oʻqituvchisi boʻlib ishlagan, Kubanda ukrain qoʻshiqlarini toʻplagan va u yerda 500 dan ortiq qoʻshiqlarni yozgan.

„Boyan“ filarmoniyasi (1905—1906), Kiev universiteti (1908—1917), Kiev konservatoriyasi (1913-yildan), ayollar uchun oliy kurslar xorlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, Nikolay Sadovskiy teatrida dirijyorlik qilgan. Bu davrda Aleksandr Koshits bir qator ruhiy asarlar muallifiga aylangan.

1910-yillarda Aleksandr Koshits (K. G. Stetsenko bilan birga) Ukraina xor kapellasining asoschilaridan va rahbarlaridan biri, 1919-yilda sayohatga chiqib, Yevropa va Amerikaning koʻplab mamlakatlarida ukrain qoʻshiqlarini targʻib qilgan.

1944 yil 21-sentyabrda Kanadaning Vinnipeg shahrida vafot etgan. Uning „Vospominaniya“ asari (1-qism – 1947; 2-qism – 1948) ham shu yerda nashr etilgan. Kanadadagi ukrain xoriga Koshits nomi berilgan.