Manitoba (Kanada)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Manitoba — Kanadadagi provinsiya. Maydoni 650 ming km². Aholisi 1,14 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vinnipeg shahri Yer yuzasi, asosan, tekislik, markaziy qismini Lavrentiy qirlari egallagan. Shim.-sharqi Gudzon qoʻltigʻiga tutash. Dare va kul kup. Eng yirik koʻli — Vinnipeg. Iklimi kontinental iqlim. Yillik yogʻin 650 mm. Shimolida tundra oʻsimliklari sekin-asta igna bargli oʻrmonlar va dasht landshaftlari bilan almashinadi. M. — Kanadaning sanoati rivojlangan provinsiyalaridan. Iqtisodining asosini dasht hududlaridan keltiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tashkil etadi. Goʻsht konservalari, yogʻmoy, pishloq, un tortish tarmoqlari rivojlangan. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik, tikuvchilik, yogʻochsozlik va boshqa senoat korxonalari bor. Nikel, neft olinadi. Asosiy sanoat markazi — Vinnipeg. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — bugʻdoy, suli. Tariq, zigʻir, raps, kungaboqar ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |