Aleksandr Kojuxov (pedagog)
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Aleksandr Kojuxov | |
---|---|
Tavalludi |
1884-yil Kazalinsk, Sirdaryo viloyati |
Vafoti |
1938-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi |
Faoliyat yillari | 1905—1937 |
Aleksandr Kojuxov (1884-yil, Sirdaryo viloyati – 1938-yil, Toshkent) – Turkman pedagogika texnikumi direktori, OʻzSSR Xalq maorif komissari oʻrinbosari.
Aleksandr Kojuxov 1884-yilda Sirdaryo viloyati Kazalinsk shahrida tugʻilgan. Kambagʻal meshchan oilasidan boʻlib, millati rus. Oʻrta maʼlumotli. Kazalinsk shahrida joylashgan yetti yillik bilm dargohini 3 sinfini tugatgan. 1901—1905-yillarda Toshkent shahridagi oʻqituvchilar seminariyasini tamomlagan. Seminariyada oʻqib yurgan paytlaridayoq xususiy taʼlim berib, oilasiga yordam qilib turgan. Seminariyani tamomlagandan keyin ham Chimgʻondagi ziyoli oilaning qoʻlida xususiy taʼlim olgan. Xususiy olgan taʼlimi natijasida 1905-yildan 1913-yilgacha Perovsk shahrida muallimlik qiladi. Ishchilar namoyishida ham qatnashib turgan. U turgan xonadon noqonuniy faoliyat olib boradiganlar uchun yashirinish joyi boʻlgan.
1917-yilgi fevral inqilobi uning hayotida muhim rol oʻynadi. Lekin bolsheviklar hokimiyatga kelgach, 1918-yilning yanvarida qamoqqa olinadi. Shu yilning may oyida ozodlikka chiqadi. Toshkentga kelib, oʻqituvchilar kursida dars beradi.
Aleksandr Kojuxov 1920—1922-yillarda Marv shahrida xalq maorifi mudiri boʻlib ishlaydi, oʻqituvchilik bilan ham shugʻullanadi. 1922-yildan 1923-yilgacha Samarqand viloyat xalq maorif boʻlimi mudiri, 1923—1924-yillarda Toshkentda Turkiston ASSR Xalq maorifi komissari oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Aleksandr Kojuxov 1924—1928-yillarda Ashxobod xalq maorifi komissari, 1928—1930-yillarda Toshkentda Turkman pedagogika texnikumi direktori, 1930—1931-yillarda SAXIPI direktor oʻrinbosari, 1931—1932-yillarda „OʻzNIKS“ direktor oʻrinbosari, 1932—1937-yillarda OʻzSSR Xalq maorif komissari oʻrinbosari boʻlib ishlagan[1].
1937-yilga kelib Xalq maorif komissari lavozimidan ozod qilingan.
1938-yil 7-oktyabrda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasida oʻlim jazosiga hukm qilingan[2]. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib otib tashlangan. Vafotidan keyin oqlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 123-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
- ↑ Karimov Naim. 1937—1938-yillarda "Katta qirg'in"ning fojiali oqibatlari. Toshkent 2015 — 158-bet.