Aleksandr Farmanov
Aleksandr Farmanov | |
---|---|
"Olmaliq KMK" OAJ Boshqaruv Raisi - Bosh direktori | |
Mansab davri 23-iyul 2008-yil | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
15-iyun 1958-yil Toshkent |
Maʼlumoti | Jambul irrigatsiya va melioratsiya-qurilish instituti |
Mukofotlari |
Aleksandr Kasimovich Farmanov (15.6.1958, Bekobod) – Oʻzbek davlat arbobi. Oʻzbekiston Qahramoni.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yilda Jambul irrigatsiya va melioratsiya-qurilish institutini fuqarolik muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
1980-1981-yillarda usta, keyin Aktyubinskdagi „Vodokanal“ korxonasi boʻlim mudiri boʻlib ishlagan.
1981-1985-yillarda avval Bekobod sement zavodining taʼmirlash va qurilish, soʻngra quvur va shifer sexlariga rahbarlik qildi.
1985-1995-yillar (1992-1993-yillarda qisqa tanaffus bilan) Bekobod sement zavodi direktori.
1995-yil maydan 2008-yil iyulgacha „Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi“ bosh direktori.
2008-yil 23-iyuldan boshlab „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ OAJ Bosh direktori.
Birinchi chaqiriq Senat aʼzosi (2005-2010)[1].
Svetlana Farmanova bilan turmush qurgan va Yuliya, Alena va Aleksandra ismli qizlari bor.
Mukofotlar, sovrinlar va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ "(1997-yilda berilgan)[2].
- 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik belgisi bilan mukofotlangan.
- 2004-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[3].
- 2011-yil 23-avgustda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Novosti za 25 yanvarya 2005 g. (Wayback Machine saytida 2012-02-02 sanasida arxivlangan) // IA „Jaxon“
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1997 года № УП-1835 «О награждении группы государственных служащих, а также работников производственных отраслей и социальной сферы в связи с шестой годовщиной независимости Республики Узбекистан
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 14 aprel 2004 года № УП-3415 «О награждении группы работников в связи с 60-летием акционерного производственного объединения «Узбекский металлургический комбинат»
- ↑ Islam Karimov prisvoil zvanie geroya ryadu trujenikov strani // UzInform