Kontent qismiga oʻtish

Alakbar Mammadov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alakbar Mammadov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alakbar Amir oʻgʻli Mammadov
Tavallud sanasi 9-may 1930-yil
Tavallud joyi Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Vafot sanasi 28-iyul 2014-yil(2014-07-28)
(84 yoshda)
Vafot joyi Boku, Ozarbayjon
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1948–1953 SSSR bayrogʻi Neftyanik Baku 132 (47)
1954–1959 SSSR bayrogʻi Dinamo Moskva 92 (43)
1960–1962 SSSR bayrogʻi Neftyanik Baku 25 (4)
Milliy terma jamoa
1958–1959 SSSR bayrogʻi SSSR 4 (0)
Boshqargan klublari
1963–1965 SSSR bayrogʻi Neftchi
1971–1972 SSSR bayrogʻi Neftchi
1993 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2008-yil 3-iyul uchun)

Alakbar Mammadov (ozar. Ələkbər Məmmədov) – sovet va ozarbayjonlik futbolchi boʻlib, 1950-yillarda Moskvaning „Dinamo“ klubi hujumchisi va keyinchalik mustaqil Ozarbayjon milliy futbol jamoasining birinchi murabbiyi sifatida tanilgan.

U SSSR Oliy Ligasining toʻrt karra chempioni va SSSR terma jamoasi aʼzosi sifatida SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Mammadov oʻzi tugʻilib oʻsgan shahridagi klub – „Neftchi“da ham toʻp surib, ham murabbiylik qilib, 12 yil faoliyat olib borgan[1].

U San Siroda „Milan“ darvozasiga toʻrtta gol urgan yagona futbolchi edi[2].

Mammadov 1957-yilgi „Spartak“ jamoasiga qarshi chempionat oʻyinining 87-daqiqasida „Dinamo“ uchun SSSR oliy ligasi chempionlik unvonini olib bergan gʻalaba golini urgani bilan mashhur edi. 50 yil oʻtgach, Mammadovning ushbu goli „Dinamo“ning Petrovskiy bogʻida I darajali Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlanishga sababchi boʻldi[3]. Chempionatda „Dinamo“ tarkibida urgan 45 ta golidan tashqari, Mammadov xalqaro klub oʻyinlarida 11 ta gol urgan, 1955-yilda San Siro stadionida 100,000 tomoshabin oldida „Milan“ darvozasiga va 1956-yilgi Moskvadagi oʻrtoqlik oʻyinida 90,000 muxlis guvohligida Braziliyaning „Vasco da Gama“ jamoasi darvozasiga urgan gollari shular jumlasidandir.

1972-yildan 1990-yilgacha Mammadov „Charm toʻp“ butunsovet yoshlar futbol turnirini tashkil etib kelgan shtabning Prezidenti sifatida ishlagan. Alakbar 1991-yilda „Futbol kasbi sirlari“ nomli xotira kitobini yozgan[4].

1992-yilda Mammadov Ozarbayjon milliy futbol terma jamoasining birinchi bosh murabbiyiga aylandi va 1993-yil 25-maydagi Gruziyaga qarshi uchrashuvda terma jamoa tarixidagi ilk gʻalabaga erishdi (3:1)[5][6]. Ozarbayjon futboliga qoʻshgan hissasi uchun 2008-yilda Mammadov sharafiga Bokuda futbol turniri tashkil etilgan[7][8].

Dinamo Moskva

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxati (3): 1956, 1957, 1958