Al-Zubayr
Al-Zubayr الزبير | |
---|---|
Tumani | |
30°23′21″N 47°42′29″E / 30.38917°N 47.70806°E | |
Mamlakat | Iroq |
Gubernatorlik | Al-Zubayr tumani |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Telefon kodi | 01 |
Pochta indeks(lar)i | 61006 |
|
Al-Zubayr (arabcha: الزبير) – Iroqning Basra gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Al-Zubayr tumanidagi shahar va uning markazi. Shahar Basradan janubda joylashgan. Bu nom eski Zubayr amirligiga ham tegishli boʻlishi mumkin.
Ismi ham baʼzan yoziladi Al Zubayr, Al Zubair, Az Zubair, Zubair, Zubair, Al Zubair, yoki Zobier deb.
Zubayr tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erta tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar, Muhammad paygʻambarning sahobalaridan Zubayr ibn al-Avvom dafn etilgani uchun Zubayr deb atalgan.
Yaqin tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmoniylar davrida shahar Al Zuhayr, Al Meshry, Al Rashed va Al Ibrohim oilalari kabi Najdiy oilalaridan boʻlgan shayx tomonidan boshqariladigan oʻzini oʻzi boshqaradigan Shayxlik edi. Usmoniylar imperiyasi qoshidagi boshqa shayxliklar singari Zubayr shayxligi ham Usmonlilardan badal toʻlab, himoya qilib turar edi. 19-asrda Zubayr shahri Najddan nisbatan katta koʻchishlarga guvoh boʻlgan. 1970-va 1980-yillargacha shaharda, asosan Najeddan koʻchib kelgan odamlar istiqomat qilar edi. Endi eski aholidan faqat bir nechta oilalar qoldi. Ularning aksariyati yana Najd va Saudiya Arabistonining boshqa hududlariga koʻchib oʻtdi. Najdiy davrida shaharda islomning sunniy mazhabi hukmronlik qilgan, yaqin atrofdagi shia Basradan farqli oʻlaroq.
21-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilga kelib, Zubayr shahri 240 000 ga yaqin aholiga ega boʻlib, umumiy soni 3 millionga yaqin boʻlgan Basra metropoliyasiga qoʻshildi. Basrada boʻlgani kabi, Zubayr munitsipaliteti ham hozirda koʻpchilik shialarga ega va Basraning oʻzidan deyarli farq qilmaydi. Ammo, Basradan farqli oʻlaroq, Zubayrda hali ham koʻp sunniy xalqi yashaydi. Biroq, ular Iroqdagi fuqarolar urushi davrida shia jangarilarining zoʻravonligiga duch kelgan va koʻplari Koʻrfaz mamlakatlariga va Iroqning sunniy hududlariga qochib ketgan[1].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Zubayr issiq choʻl iqlimiga ega (BWh). Qishda yozga qaraganda koʻproq yogʻingarchilik boʻladi. Al-Zubayrda oʻrtacha yillik harorat 24.5 °C (76.1 °F). Taxminan 139 mm (5.47 in) yogʻingarchilik har yili tushadi.
{{{Joy_ot}}} iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | |
Manba: Climate-Data.org,Climate data |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Southern Iraq Swept By Sectarian Displacement - Al-Monitor: the Pulse of the Middle East“. www.al-monitor.com. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.