Al-Shirqat
Al-Shirqat arabcha: الشرقاط | |
---|---|
Shahar | |
35°29′9″N 43°14′26″E / 35.48583°N 43.24056°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Saladin muhofazoti |
Tuman | Al-Shirqat tumani |
Vaqt mintaqasi | UTCAST +3 |
|
Al-Shirqat — Iroqning Saladin muhofazotidagi shahar. Dajlaning gʻarbiy qismida, Bagʻdoddan 294 kilometr (183 milya) shimoli-gʻarbda joylashgan. Shahar Al-Shirqat tumanining asosiy shahri boʻlib, qadimiy Ossuriyaning Ashshur xarobalari yaqinida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yilda shaharda ingliz va Usmonli qoʻshinlari oʻrtasida Sharqat jangi boʻlib oʻtgan.
Iroq va Shom islomiy davlati 2014-yil iyun oyidagi hujumi chog‘ida shaharni nazoratga olgan. 2016-yil iyun oyida Iroq kuchlari shahar tomon harakatlana boshlagan[1]. Islomiy davlatning yuqori martabali harbiy qo‘mondoni Abu Umar ash-Shishoniy 2016-yil iyulida ash-Shirqatdagi janglarda halok bo‘lgani xabar qilingan[2]. 2016-yil 22-sentabr kuni Iroq xavfsizlik kuchlari shaharni IShIDdan qaytarib oldi[3]. Islomiy davlatning shaharchani bosib olishi sababli 160 mingdan ortiq odam Sharqatdan koʻchirilgan[4].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Shirqat iqlimi issiq va yarim quruq. Yomgʻir asosam qishda yogʻadi. Al-Shirqatda oʻrtacha yillik harorat 21,3 °C (70,3 °F). Har yili taxminan 266 mm (10,47 dyuym) yogʻingarchilik tushadi.
Al-Shirqat iqlim koʻrsatkichlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oy | Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentyabr | Oktyabr | Noyabr | Dekabr | Yil |
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) | 13.6 (56.5) |
16.3 (61.3) |
20.3 (68.5) |
26.2 (79.2) |
33.8 (92.8) |
39.9 (103.8) |
43.2 (109.8) |
42.9 (109.2) |
38.9 (102.0) |
31.9 (89.4) |
23.0 (73.4) |
15.7 (60.3) |
28.8 (83.9) |
Oʻrtacha past harorat °C (°F) | 3.6 (38.5) |
5.0 (41.0) |
7.9 (46.2) |
12.2 (54.0) |
17.7 (63.9) |
22.1 (71.8) |
25.1 (77.2) |
24.4 (75.9) |
20.1 (68.2) |
14.7 (58.5) |
9.3 (48.7) |
4.6 (40.3) |
13.9 (57.0) |
Oʻrtacha yogʻingarchilik sm (dyuym) | 46 (1.8) |
40 (1.6) |
49 (1.9) |
34 (1.3) |
11 (0.4) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
10 (0.4) |
31 (1.2) |
45 (1.8) |
266 (10.5) |
Manba: Climate-Data.org,Climate data |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Iraqi forces move toward al-Shirqat town, southern Mosul, Kurdistan24.net, 18 June 2016
- ↑ „Daesh says top leader Omar Al-Shishani killed in battle“. Arab News. Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
- ↑ McKernan, Bethan „A key town in the battle against Isis has been 'fully liberated'“ (en-GB). The Independent (2016-yil 22-sentyabr). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-sentyabr.
- ↑ Andrew Pestano, Iraq fully captures Sharqat District from Islamic State as Mosul Battle Loomes, 23 September 2016.