Kontent qismiga oʻtish

Al-Mugʻira

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Mugʻira ibn Shuʼba as-Saqafiy
arabcha: المغيرة بن شعبة بن أبي عامر بن مسعود الثقفي
Roshidun xalifaligining Kufa shahri hokimi
Mansab davri
642 – 645
Oʻtmishdoshi Saʼd ibn Abu Vaqqos
Vorisi Saʼd ibn Abu Vaqqos
Umaviylar xalifaligining Kufa shahri hokimi
Mansab davri
661 – 671
Hukmdor Muoviya I
Vorisi Ziyod ibn Abihiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi taxminan 601-yil
Toif
Vafoti 671
Bolalari 3

Abu Abdulloh al-Mugʻira ibn Shu’ba ibn Abu Amir ibn Mas’ud as-Saqafiy (arabcha: المغيرة بن شعبة بن أبي عامر بن مسعود الثقفي) (tax. 600 —  671) – islom paygʻambari Muhammadning koʻzga koʻringan sahobalaridan biri. Toifda yashovchi Saqif qabilasi aʼzosi. 642–645-yillarda xalifa Umar davrida Kufa hokimi boʻlib xizmat qilgan. Qarigan chogʻida yana bir bor Kufa hokimi etib tayinlangan va 661-yildan to vafotiga qadar Umaviylar xalifasi Muoviya I huzurida xizmat qilgan.

Al-Mugʻira Shu’ba ibn Abu Amirning oʻgʻli boʻlib, Toifning Banu Saqif qabilasi Banu Muattib urugʻiga mansub edi[1]. Uning qabilasi islomdan avvalgi davrda arab mushriklari tomonidan sigʻinilgan al-Lot ibodatxonasini muhofaza qilib kelar edi[1]. Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi Urva ibn Mas'ud al-Mugʻiraning amakisi boʻlgan[1]. Bir kuni al-Mugʻira Toifda oʻzi birga sayohat qilayotgan hamrohlari uxlab yotgan vaqtda ularga hujum qilgan va shu bois Toifdan surgun qilingan. Surgundan keyin Mugʻira Madinada Bishr ibn Marvonga xizmat qilgan[1]. Oʻsha paytda paygʻambar Muhammad va unga hamrohlik qilgan musulmonlardan iborat bir guruh ham Makkadan surgun qilinib, Madinada boshpana topgan edilar. Shundan keyin Muhammad al-Mugʻiraning yordami bilan Saqif qabilasini islomni qabul qilishga koʻndirgan[1]. 630-yilda Toif musulmonlar hukmronligi ostiga oʻtgach, al-Mugʻiraga al-Lot ziyoratgohini buzishni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Lammens 1993, p. 347.